Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə74/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Ekzistensializm insonni ilmiy metodlar yordamida bilib bo‘lmasligi haqidagi g‘oyani qattiq himoya qiladi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda Yevropa sivilizatsi- yasida insonparvarlikning taqchilligi fanga bo‘lgan ishonch- ning yo‘qolishiga olib keldi. Insonning haqiqiy mavjudligi, ya’ni ekzistensiya uning obyekt tarzidagi haqiqiy borlig‘iga teng emas. Atamalar, tushuncha va abstraksiyalar bilishning ilmiy obyektiv- ligini insonning haqiqiy borlig‘idan uzoqlashtiradi. Inson doim hayotida muayyan yo'lni tanlash holatida bo‘Iadi, u o‘zlikni anglash yo‘lida ko‘p karra o‘zgaradi. Ekzistensializm asoschisi S.Kerkegor an'anaviy fandan voz kechib, haqiqiy ekzistensiya sari yuksalishning ancha izchil uch bosqichli nazariyasini taklif qildi. Tashqi borliqni aniqlash bilan bog‘liq birinchi — estetik bosqichda lazzatlanishga intilish yetakchilik qiladi. Ikkinchi — axloqiy bosqichda burch hissi va axloq qonuni me'yorlari hukm suradi. Uchinchi — diniy bosqichda ongli ravishda qabul qilingan azob-uqubat mavjudlik prinsipi hisoblanadi. Bu o‘z kechinma- larini xayoldan o‘tkazish borliqning yangi «transsendent» mezo- nini tushunib yetish imkonini beradi.

Yuqoridagi qarashlar inson mavzuining nihoyatda serqirra ekanini, u bilan bog'liq muammolarga nisbatan rang-barang yon- dashuvlar mavjudligini yaqqol namoyon qiladi. Bu esa, o‘z nav- batida, nafaqat hozirgi davrda, balki kelajakda ham inson bilan bog‘liq muammolar falsafaning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolaverishini ko‘rsatadi.

Turli zamonlarda mutafakkirlar insonni turlicha ta’riflaganlar. Homosapiens — «aql-idrokli odam» eng ko‘p qo'llaniladigan ta’rif. Animalrationale - «oqil hayvon» ta’rifi K.Linneyning zo- ologik tasnifida keltirilgan; atoolmakinganimal — «qurol yasov- chi hayvon» — Franklin taklif qilgan ta’rif; Animalsymbolicum



  • «ramziy hayvon sifatidagi odam» Kassirer chiqargan xulosa. Kerkegor g‘oyalarini quyidagicha talqin qilish mumkin: «inson — tanlash qobiliyatiga ega jonzot», Nitsshe insonni va’da berishga




180

qodir, bizni axloq qoidalari dunyosiga olib kiruvchi jonzot sifatida ta’riflagan. Russo «Fikrlovchi inson — yo‘ldan ozgan jonzot», de- gan. Inson yangilikka intiluvchi jonzotga tenglashtiriladi. Ba'zan unga o‘z hayotiga mutlaqo asketik yondashishga qodir jonzot sifa- tida qaraladi. M.Sheler fikriga ko‘ra, inson haqida fikr yuritayot- gan o‘qimishli yevropalikning ongida g‘oyalarning uch doirasi to‘qnashadi. Birinchisi — yahudiy va xristianlarning Odam Ato va Momo Havo, yaralish, jannat va gunohga berilish haqidagi an'anaviy tasavvurlari doirasi. Ikkinchisi — qadimgi yunonlar- ning insonni inson qilgan narsa uning aqli, nutqi va oqilligidir, degan tasavvurlari doirasi. Uchinchisi — hozirgi tabiatshunos- likning inson Yer rivojlanishining ancha kechki mahsuli, o'zidan oldin hayvonot dunyosida mavjud bo‘lgan shakllardan energiya va qobiliyatlari birikuvining murakkablik darajasi bilangina farq qiluvchi jonzot, degan yondashuvlari doirasi.

Aytib o‘tilgan va boshqa shunga o‘xshash ta’riflar insonning umumiy obrazini yaratadi. Shunga qaramay, inson barcha zamon- lar va xalqlarda dunyoning eng buyuk siri bo‘lib qolayotir. Bu ta'riflarni falsafa tarixida insonning mavjudligi yagona ishonch- li dalil asosida aniqlangan davrda dunyoga kelgan ta’riflar bilan tenglashtirish mumkin. Masalan, FDekartning «Cogitoergosum»



  • «fikrlayapman, demak, mavjudman» yoki JLBerklining «Mavjud bo‘lish — idrok etilish demak», Men de Biranning «Voloergosum»



  • «Xohlayapman, demak, mavjudman», A.Kamyuning «Isyon qilyapman, demak, yashayapman» kabi fikrlari ham inson tabiati va mohiyatining yangi-yangi qirralarini namoyon etadi. Bunga FNitsshe insonning bosh g‘oyasi deb e’lon qilgan hokimiyatga intilishni yoki Z.Freyd ilgari surgan yashirin jinsiy mayl — libido g‘oyasini qo‘shib, iqtisodiy materializmning iqtisodiy omili aha- miyatiga e’tibor qaratsak, falsafiy antropologiyaning muammolar doirasi ayon bo‘ladi. G‘oyalar va yondashuvlarning bu antago- nizmida inson tabiatining bir xilligi hamda yagonaligi namoyon bo‘lmaydi, balki yanada mavhumlashadi. Insonning o‘zi uning uchun eng asosiy muammoga aylanadi.



Tana va ruh, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat in- sonning azaliy siri va jumbog‘ini yechish yo‘lidagi izlanishlar-


181

ning mohiyatini belgilaydi. Insonni uning muayyan ko‘rinishlari, fazilat va kamchiliklari nuqtayi nazaridan tushunib yetish, inson to‘g‘risidagi masalani falsafiy ijodning bosh masalasiga aylantirish mutafakkirlarning ko‘plab avlodlari oldida turgan muhim vazifa- dir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin