Istiqlol va inson kamoloti. Mustaqillik yillarida inson tabi- atini chuqurroq o‘rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me'yorlarni poymol etib, ko‘proq g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo‘lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma'naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy ado- latga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko‘rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odam- lardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyat- larni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo‘lida paydo bo‘lgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shaxsni o‘z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak g‘oyalarga sodiq
186
bo‘lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi. Bo- zor munosabatlariga o‘tish sharoitida inson qobiliyatlari to‘laroq namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko‘p bolali oilalar, nafaqaxo‘rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy ado- latning qaror topishida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg'unligidan ozod bo‘lishlari, o‘zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o‘z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish iqtisodiy islo- hotlarning insonparvarlik yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat beradi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali 0‘zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg‘unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir.
Dostları ilə paylaş: |