Sotsiotsentrizm ta’limoti madaniy-sivilizatsion omillarga suya- nadi. Bu yerda inson o‘zi yashaydigan ijtimoiy-madaniy muhit mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsiotsentrizmga eng yaqin tushuncha sifatida amal qiluvchi kulturotsentrizm inson madani- yat mazmuni orqali o‘z ma’nosini kasb etadi, degan tezisni hi- moya qiladi.
Antropotsentrizmning ziddi — insonga geologik kuchlardan biri sifatida qaraydigan yondashuv dezantropotsentrizm deb atala- di. Hozirda ancha mashhur bo‘lgan bu yondashuv insonni uning ustun mavqei va o‘rnidan mahrum etadi, hech narsa bilan chek- lanmagan o‘zboshimchalik oqibatlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Insonni o‘zi yaratgan texnokratik, sun'iy dunyo bilan uni- versal evolyutsion rivojlanishga boglashdan iborat bo‘lgan masala koevolyutsiya muammosi sifatida namoyon bo‘ldi.
Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan «Falsafiy antropologiya» deb ataladi. U ekzistensiya g‘oyalariga qarab mo‘ljal oluvchi faylasuf- larning fikr-mulohazalariga juda boy. Antropologik yondashuv inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi, insonning ekzisensial tahlili bilan shug‘ullanadi. «Ekzistensiya» tushun- chasi tadqiqotchining fikrini, avvalo, inson qilmishlari va azob- uqubatlarida namoyon bo‘luvchi inson hamda dunyo aloqalarini izlash, aniqlash tomonga yo‘naltiradi.
Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo'nalishi sifatidagi fal- safiy antropologiya dastlab nemis faylasufi va sotsiologi M.Sheler (1874—1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf X.Plesner (1892—1985), nemis mutafakkiri A.Gelen (1904—1976) asarlarida rivojlantirilgan.
Shaxsni umumbashariy rivojlanishning asosiy mazmuni deb e’lon qiluvchi personalizm uni o'rganishga nisbatan ancha mu- rakkab yondashuvlarni taklif qiladi. Shaxs o‘z mohiyatini muqar- rar tarzda o‘zidan tashqarida ko'radi, bu —eksteriorizatsiya, u te- ran ichki me’yor va mo‘ljallardan oziqlanadi, bu — interiorizatsiya.
179
Nihoyat, shaxs o‘z real empirik mavjudligining tor chegaralaridan o‘tib, oliy qadriyatlar: haqiqat, ezgulik va go‘zallikka intiladi, bu
Dostları ilə paylaş: |