Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə78/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tayanch tushunchalar: inson, shaxs, individ, antropologiya, inson ongi, inson — biologik mavjudot, inson — ijtimoiy mav- judot, inson faolligi, Ekosofiya, insonni asrash, istiqlol va inson kamoloti.
Takrorlash uchun savollar



  1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi?



  2. Shaxs, individ deganda nimalarni tushunasiz?



  3. Antropologiya fanining ma’nosi va vazifalari nimalardan iborat?



  4. Inson tanasi va ruhining bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi?



  5. Ekosofiya nima? «Insonni asrash» deg mda nimani tushu- nasiz?



  6. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko‘rinadi?




187







  1. mavzu. Globallashuv va umumbashariy muammolarning
    falsafiy jihatlari



«Globallashuv» (lot. globus - shar, Yer sayyorasi) - XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy hodisa bo'lib, hozirgi davrdagi xalqaro tar- tibotlar, davlatlar va kishilar o'rtasida o'zaro aloqalarning kengayi- shi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof-muhit- ga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunala- rining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.

«Globallashuv» atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983-yili «Garvard biznes revyu» jurnalida chop etilgan maqo- lasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jara- yonini globallashuv, deb atagan). 1985-yilda esa taniqli amerika- lik olim R.Robertson «Globalization» iborasini ilmiy muoma- laga kiritib, bu tushunchani «odamlar ongida sayyoramizning torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi»ni aks ettirib, «dunyoning birlashuvi va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kuchayishini» ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.

Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara hamon davom etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash shakllanmagan, yaxlit konsepsiya yaratilmagan bo‘lsa-da, gumani- tar ilmning turli sohalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyatlari, namoyon bo'lish shakllari har tomonlama o‘rganilmoqda. Jumladan, iqtisodiyot fanida diqqat- e’tibor asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsi- yalarning (TMK) shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratil- gan. Tarixiy asarlarda esa globallashuv jarayoni insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyo- satshunoslikda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy


188

tartibning shakllanishi tadqiq etilmoqda. Sotsiologiya sohasi mu- taxassislari sivilizatsiya va madaniyatning universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi hamda bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Ba’zi faylasuflar XXI asrda dunyoda yagona axloq, umumiy ma’naviyat, global madaniyat qaror topishini bashorat qilmoqdalar. Boshqalari esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy huku- mat haqidagi g‘oyasiga tayanib, turli millat va xalqlar qadriyatlari- ning uyg'unlashuvini asoslashga intilmoqda. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlarda turli fan yutuqlarini uyg‘unlashtirish asosida hamda insoniyatning birlashuvi, ijtimoiy voqelikning universallashuvi va kishilar dunyoqarashining kengayishi tendensiyalariga tayanib, globallashuv jarayonining umumiy nazariyasini yaratish borasida intilishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Shu bilan birga, globallashuv jarayonining turli davlatlar va xalqlarning milliy davlatchiligi va o‘ziga xos qadriyatlariga, ma’naviy taraqqiyotiga salbiy ta’sirini ilmiy tadqiq etishga e’tibor kuchayib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, globallashuv jarayo- nining ijobiy jihatlarini e’tiborga olgan holda, uning g'oyaviy- mafkuraviy ta’siridan ogoh bo'lish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizni bunday xurujlardan asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etayot- ganini anglatadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin