Falsafa asoslari


Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi?



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə90/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi? Nom alohida pred- metni yoki predmetlar guruhini belgilovchi til ifodasidir. Masa- lan: «Amur Temur» so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; «o‘qituvchi» so‘zi bilim beruvchi insonni, «qizil» so‘zi esa barcha buyumlardagi qizil rangni ifodalaydi. Buyum va hodisalarga inson nom qo‘yadi va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo'ladi. Bundan


209

ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur shaklidir.



Ihshuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafak- kur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr yuritish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qi- ladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biri- ga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoli- yat bilan shug‘ullanmaydilar.

Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Bir sinfga mansub bo‘lgan hamma predmetlarga xos bo‘lgan belgilar — umumiy belgilardir. Inson- lar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shun- day belgilarga misol bo‘ladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishiga olib keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafak- kur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruv- chi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgi- lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini ifodalaydi.



Tushuncha so‘z bilan uzviy bogliq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namo- yon bolishidir. Tushunchalar so‘z (talaba, universitet, qog‘oz) va so‘z birikmalari (0‘zbekiston Milliy universitetining talabasi, 0‘zbekiston Milliy universiteti, rangli qog‘oz) yordamida ifodala- nadi. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Ba’zi so‘zlar (ammo, Chunki, uchun va h.k.) hech bir tushunchani ifoaalamasligi ham buning sabablaridan biridir. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifodalanadi. Tildagi omonim va sinonim so‘zlarning mavjudligi esa so‘z va tushunchaning aynan


210
omasligidan dalolat beradi. Ayrim so‘zlarning ko‘p ma’noliligi ba’zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shu sababdan kundalik hayotda qo‘llanadigan til bilan ilmiy til bir- biridan farq qiladi. Ilmiy til tabiiy til, sun’iy til va maxsus termin (atama)lardan tashkil topadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin