Nazariyaning turlari. Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra tasniflash (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rt turga ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar.
«Mazmundor» nazariyalarda ma’lum bir sohaga oid faktlar tizimga solinadi, umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari, empirik materiallarga tayanadi, ularni tahlil qiladi, tartibga soladi va umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni «tajribaga tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb atalishiga sabab, ularni matematika va mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. Mazmundor nazariyalarni sof empirik nazariyalar deb bo‘lmaydi. Ular faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga ham tayanadi. Masalan, mazmundor, deb hisoblanadigan CH. Darvinning evolyusiya nazariyasi, I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur nazariy g‘oyalarga suyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni ratsional usul bilan anglaydi, qayta ishlaydi va tushuntiradi.
Nazorat uchun savollar: 1. Argumentlash nima?
2.Isbotlash qanday strukturaga ega?
3.Rad etish isbotlash bilan qanday aloqada?
4.Isbotlash va rad etish qoidalarini buzganda qanday mantiqiy xatolar vujudga keladi?
5.Bahs nima? Bahs, munozara yuritishning qanday umumiy qoidalari bor?
6.Muammoning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
7.Muammoni to‘g‘ri qo‘yish va hal etishning qanday shartlari mavjud?
8.Gipotezaning mohiyati nimada va uning qanday turlari mavjud?
9. Nazariyaning strukturasi qanday va qanday turlari mavjud?
10.Nazariya bilish jarayonida qaday vazifalarni bajaradi?
Adabiyotlar: A-1,2, 6. Q-1,3,5,28. E-1-2.
13-mavzu:“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati..Etika kategoriyalari va me’yorlari.(2 soat) Reja:
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati. Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.