Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə91/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari). Fikrlash jarayoni muayyan qonunlarga binoan sodir bo‘ladi. Bu qonunlar formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deb atalib, ularda fikrlashga xos muhim, zaruriy bog‘lanishlar aks etadi. Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir.
Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A–A» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas.
Ayniyat qonuni predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgan holda, tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni to‘laroq bilib borishimiz bilan o‘zgarishini e’tirof etadi va uni hisobga olishni taqozo qiladi.
Ziddiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo‘lgan eng muhim xislatlardan biridir.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, hech bo‘lmaganda ulardan biri, albatta, xato bo‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bo‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi.
Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid mulohazalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda qarama-qarshi mulohazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; o‘zaro zid mulohazalar esa bir vaqtda xato bo‘lmaydi, ulardan biri xato bo‘lsa, ikkinchisi albatta chin bo‘ladi. Qarama-qarshi mulohazalarda esa bunday bo‘lmaydi, ya’ni ulardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: “Aristotel — mantiq fanining asoschisi” va “Aristotel — mantiq fanining asoschisi emas” — bu o‘zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo‘lganligi uchun ikkinchisi xato bo‘ladi. Uchinchisi – istisno qonuni tushunchalar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Bu qonunga muvofiq o‘zaro zid fikrlardan biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato, uchinchi holning bo‘lishi mustasinodir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin