Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə94/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‘lish belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan, san’atda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
Tushunchaning turlari. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka (masalan, “Er planetasi”) va umumiy (masalan, “planeta”) tushunchalar farq qilinadi.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt (masalan, “go‘zallik”) va konkret (masalan, «Inson») tushunchalarga bo‘linadi.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz (masalan, «Davlat», «Badiiy asar») va nisbatdosh (masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi») tushunchalarni ham ajratish mumkin.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.
U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Tushunchaning turlarini aniqlash ularning hosil bo‘lish mexanizmini hamda mazmuni va hajmini aniq tasavvur qilishga imkon beradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin