Nazorat savollari?
1.Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada?
2.Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sotsial oqibatlari nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
3.Umumbashariy muammolarda demografik omilning o‘rni qanday?
4.«Demografik portlash» tushunchasi haqida nima deya olasiz?
5.Hozirgi zamon umumbashariy muammolari, ularni xal etish yo‘llari va istiqbollari qanday ?
Adabiyotlar:
A-1,2,5. Q-1,3,5, 36. E-1-2.
Mantiq - bilish nazariyasining tarkibiy qismi.
Reja:
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
Tushunchaning turlari va tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Hukm tafakkur shakli sifatida
Xulosa chiqarish turlari.
Argumentlash va ishonch-e’tiqodning shakllanishi
Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logika–logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Tafakkur borliqni bilvosita aks ettira oladi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo‘ladi.
Tafakkur mazmun va shaklga ega. Tafakkur mazmuni aql yordamida predmet va hodisalarning bilib olingan belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi.
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi.
Tafakkur uch xil mantiqiy shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.
Hozirgi paytda mantiq o‘zining turli xil sohalari va yo‘nalishlarida taraqqiy etib bormoqda. Xususan tafakkur ko‘p qirrali jarayon bo‘lgani, uchun uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo‘yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o‘rganish mumkin.
Keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan, deb atash mumkin. Hozirgi paytda uning formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi yo‘nalishlari farq qilinadi. Formal mantiq tafakkurning strukturasini fikrning konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda olib o‘rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi.
Dostları ilə paylaş: |