Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə133/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Individual ong borlig‘i. Inson ongini ilmiy tushunish yo‘lidagi birinchi qadam odamzot ongi uning miyasi va fiziologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular umuman jonsiz yoki jonli tabiat bilan mutlaqo bog‘lanmaydigan alohida narsa sifatida mavjud ekanligini tan olish bilan bog‘liqdir.
Individual ong inson miyasining ob'ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati. Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining fikrlar, g‘oyalar, e'tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari orqali tadqiq etilishi mumkin.
Individual ong borlig‘ini odatdagi makon va vaqt koordinatalarida tavsiflash mumkin emas. U nafaqat doim «shu yerda va hozir» mavjud bo‘ladi, balki go‘yoki makondan tashqarida yotadi, chunki biron-bir hajm yoki miqdoriy o‘lchanadigan chiziqli ko‘rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin emas. Vaqtda u (dalil sifatida, hodisa sifatida), har qanday narsaning borlig‘i kabi, faqat hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, zero u o‘tmishda yo‘q bo‘lgan, kelajakda esa hali mavjud emas. Biroq, moddiy narsalar borlig‘idan farqli o‘laroq, ong bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar, chunonchi: vaqt shkalasi bo‘ylab o‘tmishga ham, kelajakka ham bir lahzada ko‘chish, ilgari mavjud bo‘lgan narsalar, yuz bergan voqyealarni xayolda aks ettirish, paydo bo‘lishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan narsalar va voqyealarni tasavvurda gavdalantirish qobiliyatiga egadir. Ammo o‘tmish yoki kelajakning ideal obrazlari hisoblangan ongni uning haqiqiy borlig‘ida o‘z ekranida tasvirlarni almashtiruvchi aylanuvchan kaleydoskop bilangina taqqoslash mumkin.
Ayrim kishilar borlig‘i haqida so‘z yuritganda, shuni ta'kidlash lozimki, u barcha jonli organizmlarda bo‘lganidek funksionalgina emas, balki o‘z shakllanish jarayonida muayyan bosqichlardan o‘tadi, bunda tana bilan bir qatorda ruh ham rivojlanadi. Garchi bu ikki jarayon dialektik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, ulardan har birining rivojlanishi o‘z yo‘lidan boradi va asosan turli qonunlarga bo‘ysunadi. Ayrim kishilar bir-biriga o‘xshamasligi va ularning cheksiz darajada rang-barangligi shu hol bilan belgilanadi. Ular o‘z shakllanish jarayonining ayni bir bosqichlari - inson, individ, shaxsni har biri o‘zicha bosib o‘tadi.
Shaxs – insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa. Shaxs faqat jamiyatda, o‘ziga o‘xshash odamlar bilan muloqot qilish, o‘tgan avlodlar to‘plagan tajriba va bilimlarni, o‘ziga qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirish orqali shakllanishi mumkin. Shuning uchun ham shaxs bo‘lish – ijtimoiy «qiyofa»ga ega bo‘lish demakdir. Bularning barchasi ijtimoiy borliqning turli holatlari va jarayonlarini tavsiflaydi. Ularni to‘la yoritish ijtimoiy falsafa muammolarining butun majmuini tahlil qilishni taqozo etadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin