Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə260/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Katta ijtimoiy guruhlartarixiy rivojlanish jarayonida vujudga keladigan sinfiy, etnik, hududiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa guruhlardir. Ular shaxs va jamiyat hayotida juda muhim rol o‘ynaydi.
Etnik birliklar. Etnik birliklar ijtimoiy hayot xo‘jalik, hudud, til, odatlar, an'analar, rasm-rusumlar, e'tiqodlarning birligi belgisiga ko‘ra tarkib topadigan va etnik birliklarning har xil turlarini tashkil etadigan kishilarning ayrim muayyan-tarixiy jamoalari doirasida kechadi. Urug‘ mazkur birliklarning ilk shakli. U qon-qarindoshlik belgisiga ko‘ra uyushgan odamlar birlashmasi bo‘lib, ibtidoiy jamoaning asosiy, ishlab chiqaruvchi va etnik bo‘g‘ini hisoblangan. Qabila ikki yoki undan ortiq urug‘ning bir necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lgan odamlardan iborat birlashmasidir. Qabila umumiy mulk, umumiy boshqaruv, turish-turmushning umumiy jihatlari va ayrim umumiy xo‘jalik faoliyatiga ega bo‘lgan.
Bir hududda yashaydigan, umumiy xo‘jalik faoliyati, til, ruhiyat tarzining xususiyatlari, turish-turmush, madaniyat va hayot tarzining odatlar va an'analarda mustahkamlangan ba'zi bir jihatlari elat va millatni tavsiflaydi. Ammo ularning o‘rtasida jiddiy farqlar ham mavjud. Qabilalarning uyushmalari, aholi migratsiyasi, tilning yaqinligi elat vujudga kelishining omillari hisoblanadi. Ular qon-qarindoshlik, urug‘doshlik aloqalarini buzuvchi omillardir. Ammo elatni birlashtiruvchi aloqalar ham ancha shartlidir. Elatni tashkil etadigan qabilalar yashaydigan hudud muhim birlashtiruvchi asos hisoblanadi.
Millatning asosiy o‘ziga xos xususiyati – muayyan yaxlit tuzilmaga birlashgan va assimilyasiyalashgan elatlarning faol iqtisodiy aloqalari negizida shakllanadigan moddiy va ma'naviy madaniyatning o‘ziga xosligi. Millatga uni tashkil etadigan elatlar uchun umumiy sanalgan til; ruhiyat tarzining umumiyligi; madaniyatning o‘ziga xos jihatlari; shakllangan barqaror hayot tarzi; an'analar; tarixiy taqdirning birligi va rivojlangan etnik o‘zlikni anglash tuyg‘usi meros bo‘lib o‘tadi. Madaniy rivojlanish, til, umuman milliy o‘ziga xoslik muammolariga millatning ta'sirchanligi ayni shu omillar bilan belgilanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin