Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə189/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

«Demografik portlash» - ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tugilish hisobiga axoli miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Texnogen – texnika bilan bog‘liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o‘ringa qo‘yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko‘rsatuvchi falsafiy yondashuv.
Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo‘lib, bunda axborot o‘ta muhim resursga aylanadi.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo‘nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Evolyusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o‘rganuvchi fan.
Ekologiya – jonli mavjudotlarning o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi fan.
Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi.
Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadi.
Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin