Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə194/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Manfaatlar to’qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat.
Urug’-aymoqchilik – feodal jamiyatlarga xos qon-qarindoshlik aloqalari bilan bog’langan odamlarning birligidir. Bugungi dunyoda haqiqiy ma’nodagi urug’-aymoqqa bo’lingan jamiyatni topish mushkul bo’lsa kerak. Lekin ba’zan u shakli o’zgargan, "yangilangan" holda mavjud bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda qondoshlik rishtalari hozir unchalik kuchli emas. Biroq ular o’rniga boshqa mushtaraklik, boshqa birlikning rishtalari, jumladan, yurtdoshlik, hududiy yaqinlik rishtalari vujudga keldi.
Fuqarolik – shaxs va davlat o’rtasidagi qat’iy xarakterdagi siyosiy-huquqiy aloqaki, uning natijasida ular o’rtasida o’zaro huquqlar va majburiyatlar vujudga keladi.
Fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin, demokratik huquqiy jamiyat.
Qarindosh-urug’chilik – hududiy yoki etnik prinsiplar asosida davlat tuzilmalarida yoki boshqa tuzilmalarda tor guruhchilik manfaatlari bilan ish ko’radigan, aynan shu manfaatlarni birinchi o’ringa qo’yadigan uyushmalar (ko’pincha norasmiy uyushmalar). Qarindosh-urug’chilik umumiy ishga, umumdavlat, umumxalq manfaatlariga zarar keltirgan holda shakllanib, o’z maqsadlariga erishish uchun a’zolarini mavjud davlat, hokimiyat va boshqa pog’onalarda yuqori ko’tarishga harakat qilar ekan, bu hol xavfli bo’lib qoladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin