Shinto mifologiyasi
Shinto mifologiyasining asosiy manbalari yuqorida aytib o'tilgan "Kojiki" va "Nihongs" to'plamlari bo'lib, ular mos ravishda bizning eramizning 712 va 720 yillarida yaratilgan. Ularga avval avloddan avlodga og'zaki ravishda etkazilgan va qayta ko'rib chiqilgan afsonalar kiritilgan. Kojiki va Nixonga yozuvlarida mutaxassislar Xitoy madaniyati, mifologiyasi va falsafasining ta'siriga e'tibor berishadi. Ko'pgina afsonalarda tasvirlangan voqealar "xudolar davri" deb nomlangan - dunyoning paydo bo'lishidan to to'plamlarni yaratilishidan bevosita oldingi davrgacha bo'lgan vaqt oralig'ida sodir bo'ladi. Afsonlar xudolar davrining davomiyligini aniqlamaydi. Xudolar davrining oxirida, imperatorlarning hukmronlik qilish davri - xudolar avlodlari. Qadimgi imperatorlarning hukmronligi voqealari afsonalar to'plamini to'ldiradi. Ikkala to'plam ham bir xil afsonalarni tasvirlaydi, ko'pincha turli shakllarda. "Nihongi" da, bundan tashqari, har bir afsonada bir nechta variantlar ro'yxati keltirilgan.
Ilohiy juftlikning oxirgisi Izanagi va Izanami haqidagi hikoya Shintoning dunyoqarashini tushunish uchun juda yaxshi dalildir. Ular Onnogoro orolini - butun erning O'rta ustunini yaratdilar va o'zlari o'rtasida nikoh qurdilar, er va xotin bo'ldilar. Ushbu nikohdan Yaponiya orollari va ular yashagan ko'plab kami paydo bo'ldi. Izanami, olov xudosini tug'dirib, kasal bo'lib qoldi va bir muncha vaqt o'tgach vafot etdi va Zulmat eriga ketdi. Izanagi tushkunlikka tushib, Olov Xudosining kallasini kesib tashladi va uning qoni yangi kami avlodlarini tug'dirdi. Qayg'u chekayotgan Izanagi ayolini uni Osmon Osmoniga qaytarish uchun ergashdi, ammo Izanami uning chirishini topdi, ko'rganidan dahshatga tushdi va zulmat eridan qochib, unga kirish joyini tosh bilan to'sib qo'ydi. Uning parvozidan g'azablangan Izanslar kuniga ming kishini o'ldirishga va'da berishdi; Bunga javoban Izanagi har kuni mehnat qilayotgan bir yarim ming ayol uchun kulba qurishini aytdi. Ushbu hikoya Shintoning hayot va o'lim haqidagi g'oyalarini mukammal tarzda etkazadi: hamma narsa o'likdir, hatto xudolar ham, o'liklarni qaytarishga urinishning ma'nosi yo'q, lekin hayot barcha tirik mavjudotlarning qayta tug'ilishi orqali o'limni engib chiqadi.
Izanagi va Izanami afsonalarida tasvirlangan vaqtlardan beri afsonalar odamlarni eslashni boshlaydi. Shunday qilib, Shinto mifologiyasi odamlarning tashqi ko'rinishini Yaponiya orollari paydo bo'lgan vaqtga ishora qiladi. Ammo o'z-o'zidan, afsonalarda odamlarning paydo bo'lishi lahzasi aniq qayd etilmagan, odamning yaratilishi haqida alohida afsona yo'q, chunki Shintoning g'oyalari odamlar va kami o'rtasida keskin farq qilmaydi.
Qorong'ulikdan qaytgan Izanagi daryo suvlarida cho'milish bilan o'zini pokladi. U cho'milayotganida uning kiyimidan, zargarlik buyumlaridan va undan oqib chiqadigan suv tomchilaridan ko'plab kami paydo bo'ldi. Boshqalar qatorida, Izanagining chap ko'zini yuvib yuborgan tomchilardan Izanagi yuqori Osmon tekisligini bergan quyosh ma'budasi Amaterasu paydo bo'ldi. Burunini yuvgan suv tomchilaridan bo'ron va shamol xudosi Dengiz tekisligini olgan Susanoo. Dunyoning qismlarini o'zlarining ixtiyoriga olgan holda, xudolar urush qila boshladilar. Birinchisi, Syuzanu va Amaterasu o'rtasidagi mojaro - bu uning singlisiga borgan birodarimiz o'z mulkida zo'ravonlik va beg'arazlik bilan o'zini tutdi va oxirida Amaterasu dunyoni zulmatga olib boradigan samoviy g'arazgohga tushib qoldi. Tangrilar (afsonaning yana bir talqiniga ko'ra - odamlar) Amaterasuni qushlardan, raqs va baland ovozda qahqaha yordamida tortib olishdi. Syuzan o'zini qurbon qildi, ammo baribir Oliy Osmon tekisligidan quvib chiqarildi va Xonshu orolining g'arbiy qismida joylashgan Izumo o'lkasida joylashdi.
Kannushlik vazifasi nasldan naslga o’tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning ko’pi sintoizm bilan buddizmni teng ko’rib, har ikkala dinga e’tiqod qiladi. Hayotiy marosimlar: tug’ilish, nikoh kabilar sintoizm ibodatxonalarida bajaril-sa, dafn etish va marhumni xotirlash marosimlari buddizm ibodatxonalarida o’tkaziladi.
Sintoizm bilan buddizmning bir-biriga ta’siri kuchli. Sintoistlar buddizm dini uchun ibodatxonalar qurish bilan qanoatlanmadilar, balki o’rta asrlarga kelib sinto-budda qo’shma ibodatxonalari vujudga kela boshladi. Sintoizmning o’ziga xos xususiyati o’zi targ’ib qilgan xudoga sig’inish, boshqa millat kishilarining bu dinga sig’inishini man’ etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo’lmagan, ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VII asrga kelib og’zaki diniy afsonalar asosida «Kodziki» («Qadimgi ishlar to’g’risidagi yozuvlar») nomli diniy kitob paydo bo’ldi, unda asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirildi. VIII-X asrlarda sig’inish qoidalari ishlab chiqildi va xudolar nomi ro’yxatga olindi. 1886 yildan 1945 yillargacha sintoizm Yaponiyaning davlat dini hisoblandi. Natijada dinning tuzilishi ham o’zgardi, ilohiy ruhlar o’rniga imperator shaxsi ulug’landi.
XIX asrning oxirlariga kelib bu din o’zining avvalgi obro’sini yo’qota boshladi. Sintoizm dini 1945 yilda davlat-dan ajratib qo’yildi. Bunga asosiy sabab yaponiyaning ikkinchi jahon urushida engilishi edi. Imperatorning obro’si tushgan-ligi bu dinning ham mavqeini tushishini bildirdi. Chunki yakka xudo osmonda, erda esa uning ramzi imperator xokimiyati edi. Hozirgi davrda sintoizm diniga e’tiqod qilayotgan yaponlar uncha ko’p emas, ammo bu dinning zamonga moslashtirishga harakat kuchlidir.
Sintoizm ahloq nuqtai-nazaridan ibratli din bo’lib, u bilimli, intizomli, milliy g’urur, vatanni sevish kabi insoniy fazilatlarni, qadriyatlarni ulug’laydi.
Ma’lumki, ana shu ahloq millat rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Natijada Yaponiya urushdan keyingi yillarda har jihatdan rivojlanib, dunyodagi eng rivojlangan davlatga aylandi. Oqibatda 1980 yildan boshlab Yaponiyada yana sintoizm dini qayta tiklandi. Tokio shahrida bosh ibodatxona ochildi, imperator oilasi na shu ibodatxonaga borib ajdodlar ruhiga sig’indi, qurbonlik marosimi o’tkazdi, ko’p xayr-ehsonlar qildi.
HINDUIZM.
Hinduizm eramizning VI asrida Hindistonda vujudga kelgan edi. Hindlarning milliy dini hinduizm keng tarqal-gan bo’lib, unga 90 foiz (950 mln)dan ko’proq hindlar sig’inadilar. Hinduizm eramizdan oldin mavjud bo’lgan braxmanizm, vedizm, totemizm, animizm kabi dinlar evolyutsiyasi natijasi-da shakllandi. Hinduizm turli e’tiqodlar, urf-odatlar va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida paydo bo’lib, urug’-qabila dinlari elementlarini, buddizm, sikhizm, jaynizmning asosiy g’oyalarini o’ziga o’zlashtirib olgan.
Hinduizm politeistik din bo’lib, unda ko’p xudolik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva degan xudolarga ham e’tiqod qiladilar. Hinduizm ta’limotida xudoning uch qiyofadagi ko’rinishi tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi.
Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bo’lib, emirilib, yo’q bo’lib turadi, ya’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv harakterga ega bo’lib, har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho’qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan bitadi, insonlar gunohga botib ketgach olam tugaydi.
Hinduizm ta’limoti jamiyatning tabaqalarga bo’linishini aks ettiradi. Bu dinning karma qonuniyatiga asosan u inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb tushuntiradi. Bular: 1) dharma - oila va jamiyatda diniy talablarni to’la bajarish;
2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur moddiy ne’matlarga ega bo’lish; 3) kama - muhabbat tuyg’ulariga erishish, bu his-tuyg’ularni qondirish; 4) moksha - o’zgarish zanjiridan butun-lay ozod bo’lish.
Vishnuizm va Shivoizm oqimining vakillari o’z xudolariga bag’ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar muqaddas joylar, daryolar va boshqa har xil «muqaddas» narsalarga sig’inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar: ho’kiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig’inadilar, ularni muqaddaslashtiradi-lar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni saxiylik, boylik manbai va go’zal ayol timsoli deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirni so’ymaslik va go’shtini emaslikni targ’ib qiladilar. Ammo hinduizm sigir sutini ichishni va sigirni xo’jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko’ra, go’yo Gang daryosi qirg’og’ida kishi vafot qilsa narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar emish.
Hinduizm - oila-nikoh masalalariga nisbatan ahloqiy jihatdan yondashadi. Eng oliy tabaqa-braxmanlar (kohinlar) oliy zodagonlar bilangina nikohga o’tishi mumkin. Eng past tabaqa kishilari - bu Shudralar. Ular yalangoyoq, qashshoq, past, yomon ahloqli kishilar Shudralar bilan oliy tabaqa vakillari nikohga kirishi mumkin emas. O’rta tabaqa - Vayshi-lar bo’lib, ular savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat. Ular o’zaro nikohda bo’lishi mumkin.
Hinduizmning muqaddas yozuvlari Vedalar (er.av. 2 mingginchi yillar o’rtasidan boshlab paydo bo’lgan). Vedalar –“bilimlar” demakdir. Vedalar: 1) gimn va duolar; 2) maro-simlarda ijro etiladigan madhiya qo’shiqlari; 3) qurbonlikka oid qoidalar; 4) yovuz kuchlarga qarshi bo’lgan duolar va afsunlar.
Upanishadalarga – “sirli ta’limotlar” er.av. I minginchi yillar boshlarida paydo bo’lgan ahloqiy risolalar: “Mahabharata” va “Ramayana” dostonlari, turli hikmatli hadislar kiradi.
Hinduizm zo’rlik ishlatish, qon to’kish, azob berish kabilarni ta’qiqlaydi. XIX asrning boshlarida Hindistonda boshlangan milliy ozodlik harakatining mafkurasida hinduizm aktiv rol o’ynadi. Maxatma Gandi yaratgan ozodlik harakatining diniy falsafiy asosida ham hinduizmning qon to’kmaslik, zo’rlik ishlatmaslik g’oyalari yotardi. Passiv norozilik gandizmning ahloqiy falsafasi edi. Hinduizmning millatni xudbinlikka, ulug’ millatchilik - shovinistik siyosat-ga yo’naltirishga uringan o’ta reaktsion kuchlar ham paydo bo’lgan. Hinduizm Hindistondan tashqarida yashaydigan hindlar orasida, xususan, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka kabi mamlakatlarda ham tarqalgan.
Hinduizm tabiatni sevishga, vatanparvar bo’lishga, avlod-lar xotirasini e’zozlashga o’rgatadi. Hinduizm yomonlikka qarshi yomonlikni qo’llashni emas, balki uni yaxshilik bilan engish mumkinligini o’rgatadigan din hisoblanadi. Hinduizm tinch-totuv, osoyishta yashashga da’vat qiladi.
Hinduizm ibodatxonalari g’oyatda yuksak estetik did bilan hashamatli qilib qurilgan. Ularga Quyosh xudosi, musiqa ma’budasi, go’zallik, saxiylik, raqs ma’budalari, afsonaviy farishtalar tasviri va haykalchalari qo’yilgan. Ibodatxona-larda jarangdor qo’ng’iroqchalar chalinadi.
JAYNIZM.
Jaynizm - bu dinning asoschisi sifatida e’tiqod qili-nadigan yarim afsonaviy payg’ambar-jin nomi bilan atalgan bo’lib, bu milliy din Hindistonda eramizdan oldingi VI asrda paydo bo’lgan. Jaynizm braxmanizmdagi (braxmanizm dini Hindistonda er. av. X-XI asrlarda kelib chiqqan edi) kishilarni tabaqalarga ajratish va tabaqalar asosida odam-larning ijtimoiy tengsizligini ilohiylashtirish sistemasiga qarshi paydo bo’lgan. Jaynizm ta’limotida 24 ta payg’ambarga, ayniqsa, ulardan oxirgisi bo’lgan payg’ambar - Vardhamana Maxaviraga sig’inish talab etilgan. Jaynizmda jonning o’lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko’chib yurishiga ishonish g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi.
Insonning Er yuzasida qiladigan har qanday harakati va ishi ana shu jon bilan tana birligida sodir bo’ladi. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to’g’ri yo’lni tutmoq, ya’ni din targ’ib qiladigan barcha haqaqatlarga, talablarga so’zsiz itoat etish va e’tiqod qilish zarur. Jaynizmda axinsa haqidagi qoida mavjud bo’lib, unga ko’ra dunyodagi barcha tirik mavjudotlarga nisbatan zo’rlik ishlatish qattiq ta’qiqlanadi. Jaynistlar go’sht emaydilar, eng mutaassib dindorlar esa faqat to’rdan o’tkazilgan suvnigina iste’mol qilib, parda orqali nafas oladilar.
Jaynizm dindorlarga nisbatan qattiq cheklashlar o’rnatganligi sababli hozirgi kunda bu din tugab bormoqda. Shu sababli jaynizmni isloh qilinib zamonga moslashga uri-nishlar bo’lmoqda. Jaynizm tabaqalanishni qoralab, insonlar tengligini ilohiy asosda o’rnatish to’g’risidagi din bo’lganligi uning ijobiy xususiyatidir.
YAXUDIYLIK.
Yaxudiylik (iduaizm) dinining asoschisi Allohning payg’ambari xazrat Muso alayhissalomdir (miloddan avvalgi 1666-1546 yillar.).
Iuda “shukur” degan ma’noni beradi. Yahudiylik (iduaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan degan qarash bor. Yaxudiylikning ta’lim berishicha, Xudo Yah va Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma “ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini “Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan, bu erlar bizga “va’da qilingan erdir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi.
Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida ( tahminan m avv. 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tafsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.
Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248 buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak.
Yahudiylar tuya, cho’chqa, quyon, ot, eshak go’shtlarini emaydilar. Ular eydigan hayvonot go’shtida qon dog’i bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar faqat o’z ishiga usta qassoblar tomonidan so’yiladi.
Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan bo’lishi, boshi hatto uyquda ham biror narsa bilan berkitilgan bo’lmog’i lozim. Diniy marosim bajarilayotganda, kiyimning ustidan albatta yopinchiq tashlanishi shart.
Haftaning shanba kuni dam olish qat’iy talab etiladi. Bu kunda hech qanday yumush, ish bilan shug’ullanilmaydi, ovqat pishirilmaydi, olov yoqilmaydi, qo’lda biror narsa ko’tarib yurilmaydi, pulga qo’l tekkizilmaydi.
Bolalarga diniy ta’lim 5-6 yoshidanoq beriladi. Tavrot va Talmudning asosiy aqidalari majburiy tarzda yodlattiriladi.
Yahudiylikda ayol kishiga erining itoatkor qulidek qaraladi. Har bir yahudiy erkak har kuni Xudodan uni ayol qilib yaratmaganiga shukronalar aytib duo qiladi. Ayol kishi esa o’z duosida o’zini eriga itoat etuvchi qilib yaratganligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildirib yuradi.
Yahudiylikning talablari, marosimlari juda ko’p va og’ir bo’lganligi, yaxudiylarning boshqa millat vakillari bilan nikohga kirishi man etilganligi, o’zlarini barcha xalqlardan afzal-mumtoz bilib, o’jar, millatchi, irqchi va xudbin bo’lganliklari uchun shunday qadimiy tarixga ega bo’lgan bu din jahon diniga aylana olmagan.
“Sionizm” atamasi Isrusalim (Quddus) yaqinidagi Sion (sinyay) tog’-tepaligi nomidan olingan. Bu tog’ tepalikda Musogi Tavrot ilohiy kitobi nozil bo’lgan va unda Dovud a.s. ning qarorgohi joylashgan. Shuning uchun bu tog’ muqaddas sanalgan.
Sionizm dastlab yahudiylarning antisemitizm, ya’ni ularni jahon miqyosida ta’qib etilishlariga qarshi tuzilgan harakat bo’lib, 1897-yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida siyosiy oqim-ta’limot sifatida tashkil topgan.
Milodan avvalgi 63-yilda Rim imperiyasi yahudiy davlatlarini bosib olgandan keyin, yahudiylarning dunyo mamlakatlariga tarqalishlari faol davom etgan. Ular Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropa mamlakatlariga, o’rta asrlarga kelib, Evropa va Osiyoning ko’pgina mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketishgan. Ular borgan joylarda mahalliy aholining tili va madaniyatini o’zlashtirib olganlar, ammo o’zlarining dini, madaniyati va urf-odatlarini saqlab qoldilar. Bu siyosiy oqimning maqsadi dastlab butun dunyodagi yahudiylarni bir erga to’plab, qadimgi yagona yahudiylar davlatini qayta tiklash bo’lgan. Keyinchalik u yahudiylarning reaktsion-millatchilik, shovinistik mafkurasiga aylanib ketgan.
Yahudiylar o’zlarini “Oliy millat” deb, ular yashaydigan erlardagi hamma xalqlar, millatlar yahudiylarga dushmandirlar degan irqchilik g’oyalarini e’lon qilganlar.
Nihoyat, asrlar bo’yi jabrlangan xalqqa ikkinchi jahon tugagandan so’ng Murruvvat ko’rsatildi. BMT Bosh Assambiliyasining 1947-yil Qaroriga binoan falastinda Isroil davlatini tuzilishiga ruxsat berildi. Shunday qilib, 1948 yil 14-maydan boshlab Buyuk Britaniya mandatidagi falastin mustaqil deb e’lon qilinib, Isroil davlati tashkil topdi va iudaizm, ya’ni yahudiylik bu davlatning rasmiy dini deb e’lon qilindi. Sionizm esa davlat mafkurasiga aylandi.
Sionizmning keyingi asosiy maqsadi. Butun dunyo yahudiylarini Isroilga to’plab, ularni sionistik ruhda qayta tarbiyalash, bu davlat xududini yanada kengaytirib qadimgi davlatlarini qayta tiklash bo’ldi.
IUDAIZMNING AQIDALARI.
1-aqida: Yagona xudo Yaxve (Iegova)ga sig’inish, unga iymon keltirib e’tiqod etish to’g’risidagi ta’limot.
2-aqida: Xudo Yaxve Isroil davlatini Er yuzidagi jannat qilib yaratgan va Yahudiy millatini oliy irq, tanlab olingan mumtoz millat qilib yaratgani to’g’risidagi ta’limot. Shu-ningdek Yahudiy xalqi xudoning eng sevgan bandasi ekaniga ishonishdir.
3-aqida: G’oyib bo’lgan payg’ambarlar madhining Er yuziga yana qaytib kelishi, uning yomon odamlarni jazolashi ming yil davom etadigan adolatli jamiyat yaratish to’g’risidagi ta’limotlaridir.
Iudaizm o’rta asrlarda o’zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz o’zgargan. XI-XII asrlarda iudaizmda hukmronlik qilgan ravvinlar uning ko’p tomonlarini qayta ishlab chiqdilar. O’rta asrning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan biri bo’lgan ravvin Maymond iudaizmning 13 ta asosiy aqidasini tuzib chiqdi. Bu aqidalar quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi xudo bor; 2) u bitta; 3) u jimsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir o’ziga sig’inish kerak; 6) tabiiy sir - haqiqat; 7) Muso payg’ambarlarning eng ulug’i; 8) tora (tavrot), ya’ni injilning birinchi besh kitobi Musoga xudo tomonidan berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan almashtirib bo’lmaydi; 10) Koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11) yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga haloskor keladi; 13) o’lganning tirilishi haqiqat.
Maymond yozgan bu 13 ta aqida orqali iudaizmning yanada kuchaytirish, uning feodalizm manfaatlarini kuchliroq himo-yachisiga aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish iudaizmni zamonaviy qilishga urinish edi. Yangi aqidalarda iudaizmning haloskorlik vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.
Bu aqidalarda Yahudiylarning o’z milliy dinlarida mustahkam turishlariga da’vat qilish ham ko’zda tutilgan edi.
4-aqida: Oxirat mavjudligiga ishonish.
Tavrot rivoyatlariga ko’ra, xudo butun olam, undagi jonli va jonsiz narsalarni olti kunda yo’qdan bor qilib yaratgan. Jumladan, xudo Adam va Eva (erkak va ayol) odamlarni ham loydan yaratib o’z ruhidan jon ato etgan, ular dastlab jannatda yashashgan. So’ngra ular shaytonning gapiga kirib jannat tartibini buzishib, gunoh qilishgan, xudo ularni jannatdan haydab yuborgan. Dastlabki odamlar gunohkor bo’lgani uchun ulardan tarqalgan bolalar ham tug’ma gunohkor bo’ladilar, cho’qintirish marosimi o’tkazilib boladagi tug’ma gunoh yuvib yuboriladi, degan tasavvurlar iudaizmda keng tarqalgan, keyin bu tasavvurlar xristianlarga ham o’tib qolgan.
Iudaizmda bir qator marosimlar mavjud, Yaxve bandalari o’z diniy ibodatxonlarini “studiya”lar deb ataydilar, ular, asosan, diniy adabiyot, pand-nasihatlarni o’qib o’rganadilar.
Iudaizmdagi rasm-rusumlarning tartiblari, ijozat va taqiqlar, grajdanlik, oilaviy, turmush, nikohga oid ko’rsatmalar, asosan, Talmud to’plamida bayon qilingan. Unda 613 ta toat-ibodat, urf-odatlar ko’rsatilgan. Masalan, xatna qilish qoidasi, ro’za tutish tartiblari, janoza, dafn qilish, marhumning xotirasiga bag’ishlangan marosimlar, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik sohalaridagi udumlar va boshqa muhim hayotiy marosimlar xususidagi fikrlar bayon qilingan.
Masalan, ro’za tutgan yahudiy tuxum, sut, go’sht iste’mol qilmaydi. Azador kishi qora kiyadi. Azador erkaklar qirq kungacha soqollarini oldirmaydi. Zino yo’liga kirgan ayol jazolanadi, hatto u diniy jamoadan haydaladi.
IUDAIZM DINIDAGI MAROSIMLAR.
Sadaqa berish odati to’g’risida Injildagi Matto bayon etgan muqaddas xushxabarda shunday deyilgan: “Ehtiyot bo’linglar, savobli ishingizni odamlarga ko’rsatish uchun hammaning ko’z o’ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar”.
Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo’lsang, o’tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko’cha-ko’yda shunday qiladilar. Sizlarga aytayin: bular o’zlariga yarasha mukofotni olib bo’ldilar. “Sen sadaqa berayotganingda, chap qo’ling o’ng qo’ling nima qilayotganini bilmasin. Ya’ni sening muruvvating yashirin bo’lsin. Shunda yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi otang seni aniq taqdirlaydi”38.
Xatna marosimi. “Xudo Ibrohim payg’ambar bilan ahd tuzganda: «Senga va sendan keyingi avlodlarining quyidagi ahdga rioya qilishingizni buyuraman, orangizdagi har bir erkak xatna qilinsin. Sizlar a’zongiz uchidagi terini kestirib, sunnat bo’linglar. Ana shu Men bilan sizlarning orangizdagi ahdning belgisi bo’ladi”.
Qurbonlik marosimi. “Xudo Ibrohimni sinab, unga: O’zing sevadigan yagona o’g’ling Ishoqni olib Muriyo eriga ket. U erda Men senga aytadigan toqqa chiqib o’g’lingni qurbon qil,-dedi. Uch kun yurib, Ibrohim qurbonlik qilinadigan joyda o’g’li Ishoq(Islomda Ismoilni)ni o’tin ustiga yotqizdi va pichoq bilan so’ymoqchi bo’ldi. Shu payt osmondan farishta uchib kelib: Ey Ibrohim, o’smirga qarshi qo’l ko’tarma, unga hech yomonlik qilma. Men endi bilaman, sen Xudodan qo’rqasan, yakkayu yagona o’g’lingni ham Mendan ayamading, - dedi. Ibrohim bir orqasiga burilib qarasa, chakalakda shoxlari o’ralib qolgan qo’chqorni ko’rdi. Ibrohim borib qo’chqorni olib keldi va uni o’g’li o’rniga so’yib kuydirdi”.
Iudaizm avval yahudiy qabilalarining eng kuchlisi bo’lgan Iuda qabilasining politeistik dini bo’lgan. Iudaizm -qadimgi dinlardan bo’lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga keldi. Iudaizm politeizmdan monoteizmga o’tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Bu din tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko’p xudoga e’tiqod qilganlar. Har bir qabila, urug’ alohida xudoning nomi bilan bog’langan. Moddiy olam hodisalarning har bir guruhi, hatto shaharlarning ham o’z xudosi bo’lgan. Eramizdan avvalgi X asrda yahudiy qabilalari o’rtasida sinfiy tabaqalanish ro’y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida iudaizm shakllandi.
Shunday qilib iudaizm va sionizm milliy dinlar tizimidagi eng yirik din bo’lib, iudaizm dastlab kelib chiqqan monoteistik din edi. Iudaizm xristian, islom va boshqa dinlarga barakali ta’sir qiladi. Iudaizm kichik millat bo’lgan Yahudiylarni ko’p asrlar davomida millat sifatida saqlanib qolishiga, bu millatning madaniyatini saqlab qolishda katta xizmat qilib kelmoqda. Dinlar tarixida iudaizm o’z o’rniga egadir.
Dostları ilə paylaş: |