Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Fazo va vaqtni tushunish bo‘yicha substansial va relyasion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə43/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Fazo va vaqtni tushunish bo‘yicha substansial va relyasion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo‘shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o‘ziga narsalarni sig‘diruvchi substansiya. Hech narsasi yo‘q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo‘lishi mumkin, deyiladi. Relyasion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o‘lchamga ega, deyishadi.
Hech narsasiz fazoning bo‘lishi mumkin emas. Bu farqni relyativistik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko‘z oldingizga keltiring. Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo‘sh qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi fazodir. Yangi fizikaga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo‘qoladi. Bu relyasion konsepsiyadagi fazodir.
Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o‘lchanadigan, ko‘zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga ko‘lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzuksizlik, bog‘langanlik, o‘lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o‘lchamlilik kabi xususiyatlar qo‘shiladi.
Fazo (vaqt) ning metrik o‘zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o‘zgartira olmaydi, topologik o‘zgarishlar esa borliqning sifatiy o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, bir bog‘langan sistemaning ko‘p bog‘langan sistemaga o‘tishi fazo topologiyasini tubdan o‘zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo‘llar paydo bo‘ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig‘dirish mumkin bo‘ladi. O‘lcham darajasi ko‘p bo‘lgan sistema o‘lchov darajasi kam bo‘lgan sistemaga nisbatan ko‘rinmas va murakkab bo‘ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o‘zgarishi topologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o‘zgarsa, bir bog‘langan fazo ko‘p bog‘langan fazoga aylanishi mumkin.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin