Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Intuitsiya hech qanday muhokama va isbotlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqatga erishish qobiliyatini ifodalaydi. Intuitsiya - lotincha



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə83/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Intuitsiya hech qanday muhokama va isbotlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqatga erishish qobiliyatini ifodalaydi. Intuitsiya - lotincha intutio so‘zidan olingan bo‘lib, «diqqat bilan tikilib qarayman», degan ma’noni bildiradi. Intuitsiya bilish jarayonida sezilarli ahamiyatga ega bo‘lib, hissiy va aqliy bilishdan o‘zgacha bir ko‘rinishini tashkil etmaydi; o‘ziga hos fikr yuritish, tafakkur qilish usulini ifodalaydi. Intuitsiya orqali inson murakkab hodisalarning mohiyatini, uning turli qismlariga e’tibor bermagan holda, fikran yahlit qamrab tushunib oladi. Bunda tafakkur jarayonining alohida qismlari u yoki bu darajada anglanmaydi va asosan fikr yuritish natijasi-haqiqatgina anglangan holda aniq, ravshan qayd etiladi. Intuitsiya haqiqatni aniqlashda yetarli asos hisoblansa-da, lekin bu haqiqatga boshqalarni ishontirish uchun yetarli hisoblanmaydi.
E’tiqod-kishining ishonchini qozongan va shuning uchun ham uning faoliyatida hatti-harakatlarini belgilab beradigan, uning dasturi bo‘lib hizmat qiladigan qarashlarning majmuasidan iborat. E’tiqod chinligi isbotlangan mulohazalarga yoki tanqidiy tahlil qilib ko‘rilmagan, chinligi noma’lum boshlang‘ich bilimlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Intuitsiya kabi e’tiqod ham subektiv xarakterda bo‘lib, davr o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. «Anglash uchun e’tiqod qilaman» - degan edi Avliyo Avgustin va Anselm Kenterberiyskiylar (1033-1109).
Shunday qilib, to‘g‘ri tafakkurning yuqorida ko‘rib o‘tilgan qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun hizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko‘ra fikrlash jarayonida har bir mulohaza qat’iy mazmunga ega bo‘lishi, aynan shu fikr doirasida o‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zid mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.
Demak, bu qonunlarning talablari bir-birini to‘ldirgan holda, yahlit mantiqiy tafakkurning chin bo‘lishini ta’minlaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin