Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə80/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Ayniyat qonuni
Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga hos bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga hos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni mulohazalar mantiqi va predikatlar mantiqida o‘ziga hos ko‘rinishda ifodalanadi:
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish xolatlari uchraydi. Ba’zan, bu holat bir fikrning tilda turli hil ifodalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan: «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham mazmunan aynandir.
Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuqtai nazardan «sifat» tushunchasi, o‘ziga hos mazmunga ega bo‘lsa, biror hunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) qo‘llaniladi.
Shuningdek, o‘zbek halqiga hos bo‘lgan askiya san’atida ayniyat qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga hos so‘z o‘yini bo‘lib, unda qo‘llaniladigan nozik qochirimlar askiya aytuvchining mahoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo‘ladi.
Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma’nolarda qo‘llanili-shidan g‘arazli yoki beg‘araz, yaxshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini ko‘ramiz.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin