2. Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan xolda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab, uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr xosil qilishda aniq namoyon bo‘ladi.
3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan obyektlarni (masalan absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli hil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
4. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda-moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.
Tafakkurni uch hil mantiqiy shakli mavjud: Tushuncha.
Hukm (mulohaza).
Xulosa chiqarish.
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi ahborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli hil mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yahlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli hil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir hildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi.
Xulosa chiqarish ko‘rinishlari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir hil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib hizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda-»daraxt», ikkinchi misolda – «himiyaviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan.
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shaklining fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaxil xolda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga hos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, Hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi kiradi. Chin fikr deb, o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsada, o‘z xolicha yetarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan ham bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda xosil bo‘ladigan turli hil mantiqiy strukturalarda, sodir bo‘ladigan har hil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi.
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat. Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muxokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, hususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq qonun emas», demak, «Buyruq rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir-moddiy jism», demak, «Temir-kimyoviy element») mumkin.