Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti haqidagi muammolarni o`rganuvchi ilm – bu... Falsafa
“Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qaerda paydo bo`lgan? Yunonistonda
“Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qachon yuzaga kelgan? Miloddan avvalgi VI-V asrlarda
“Filosofiya” atamasini fan taraqqiyotida ilk qo`llagan allomani ko`rsating. Pifagor
“Filosofiya” atamasi kimning asarlari orqali Evropa ilm-faniga kirib keldi? Aflotun (Platon)
“Filosofiya” so`zini Abu Nasr Farobiy qanday talqin etgan? - Hikmatni qadrlash
Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida “donishmandlikni sevish” degan mazmun qanday ma’noda ishlatilgan? Olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarashlar va hikmatlar ma'nosida
Dunyoqarashning qanday tarixiy turlari bor? 3 ta: mifologik, diniy, falsafiy
Mifologik dunyoqarash nima? Mif (yun. mifhos – afsona, rivoyat) – turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi dunyoqarash.
Diniy dunyoqarash nima? Diniy dunyoqarash –gʻayritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot insoniyat dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga sigʻinishdan iborat bo'lgan dunyoqarash.
Falsafiy dunyoqarash nima? Falsafiy dunyoqarash dunyoni e’tiqod va tuygʻularga tayanib emas, balki aql va bilimga tayanib tushuntiradi. Insonning olamga, voqea va hodisalarga, oʻzgalarga va ularning faoliyatiga, umr mazmuniga munosabati, anglashi, tushunishidir.
Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy tuzilishi. Muayyan bilimlar, kelajakka qaratiligan g'oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e'tiqod, fikr, hissiyot, aql
Aloqadorlik va munosabatlarni nazariy ong darajasida ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Ilmiylik
Uzluksiz rivojlanishni ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Tarixiylik
Izchillik, tizimlilik va tartiblilikni ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Mantiqiylik
Inson manfaatlarini ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Maqsadlilik
Falsafiy dunyoqarashning funksiyalarini belgilang 7 ta: dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, tarbiyaviy, integrativ, madaniy va aksiologik {nazorat qilish, birlashtirish, tarbiyaviy, baholash, boshqarish}
Insonning qarama–qarshi mezonlarga tayanib borliqqa munosabati falsafiy dunyoqarashning qaysi vazifasi orqali bajariladi? Baholash
Inson faoliyatini me’yor, qadriyat, xuquqiy xujjat, siyosiy mexanizmlar orqali idora qilish falsafiy dunyoqarashning qaysi vazifasi orqali bajariladi?
Dunyoqarashning jamoatchilik fikri sifatida namoyon qiluvchi falsafiy dunyoqarashning vazifasi bu... Nazorat qilish
Milliy va umuminsoniy g`oyalar atrofida uyg`unlashtiruvchi falsafiy dunyoqarashning vazifasi bu... Birlashtirish
Murosa va qobiliyatni shakllantiruvchi falsafiy dunyoqarashning vazifasi bu... Tarbiyaviy
Falsafiy dunyoqarashning tamoyillarini belgilang? 7 ta: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g'oyaviylik, nazariya va amaliyotning birligi
Falsafa faninining antropologik xususiyati bu... Umuminsoniy va universallik
Falsafa faninining gnoseologik xususiyati bu... Tanqidiy yondashuv va vorislik
Falsafiy fikrlar rivojlanishining davriy tizimini ketma-ketlikda belgilang.antik davr, o’rta asrlar davri, uyg’onish davri, yangi davr, xozirgi zamon davri, istiqlol davri { 1.Qadimgi falsafa Milloddan avvalgi VI asrdan milodiy VI asrgacha 2. Oʻrta asrlar falsafasi Miloddan avvalgi II asrdan – milodiy XIV asrgacha 3. Uygʻonish davri falsafasi XV–XVI asrlar 4.Yangi davr falsafasi XVII–XIX asrlar 5. Eng yangi davr falsafasi XX–XXI asrlar}
Budda so`zining ma’nosi nima? Sanskritcha xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan
Dao so`zining ma’nosi nima? Ikki ma'nosi bor: 1. Inson va tabiat o'z rivojlanishida o'tishi kerak bo'lgan yo'l. 2. Butun olam yaralgan birinchi borliq.
Islom dunyosida shakllangan ikkita falsafiy oqim nomini aniqlang? Mutaziliylar va mutakkallimlar
Muso al-Xorazmiyning jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi nimalardan iborat? O'nlik sanoq sistemasi, arifmetik ilmlar, amallar, algoritmlar nazariyasi va algebra
Al-Farg`oniyning mashhur asari nomini aniqlang? "Kitob al-harakat as-Samoviya va javomi ilm an-nujum" ("Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum") va "Uyun al masoyil"
Abu Rayhon Beruniy yozgan asarini aniqlang? "Hindiston" , "Osor al-boqiya", "Geodeziya", "Mineralogiya", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Saydana"
Ibn Sino bilishda qanday omilning ustuvorligini tan oladi? Bilishda aqlning rolini hal qiluvchi deb tushunadi
Abu Nasr Farobiy tasnifi bo`yicha ilmlar 5 ta guruhga bo`linadi, shu guruhga kiruvchi ilmlar ketma-ketligini aniqlang? Til, mantiq, matematika, tabiiy va ilohiy, siyosat
Tasavvuf ta’limotining Markaziy Osiyodagi tariqatlari qaysi javobda to`g`ri berilgan? Yassaviylik, Kubroviylik, Naqshbandiylik
Maxmud Qashg`ariyning mashhur asari nomini aniqlang? "Devoni lug'ot ut-turk"
Alisher Navoiy ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch deb nimani tushungan? Ma'rifatli shoh yoki buyuk kishilar
“Muqimiy, Furqat, Avaz O`tar – ma’rifatparvar shoirlar” degan fikr ostida qanday ijtimoiy qarashlar mavjud?
хИх asr oxiri хх asr birinchi choragida keng quloch yoygan jadidlar harakatining tub maqsadi nima bo`lgan?