Falsafa va dinning o’zaro aloqadorligi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə5/8
tarix18.01.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#79575
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa va dinning o’zaro aloqadorligi

5. Falsafiy dunyoqarash


Diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarash bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki, tabiat, jamiyat, dunyoni bilish, insoniyat istiqboli kabi masalalar dinning ham, falsafaning ham diqqat markazida turgan muammolar bo’lib hisoblanadi. Lekin bularning o’rtasida farq ham mavjud. Agar diniy dunyoqarash o’zining asosiy e’tiborini inson e’tiqodiga, insoniy tashvishlarga, inson va uning umidlariga qaratsa, falsafiy dunyoqarash esa dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi ma’naviy tomonlariga ko’proq e’tibor beradi. Bundan, falsafiy dunyoqarash mavhum qoidalardan iborat degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Falsafiy dunyoqarash hayotiy muammolar bilan bevosita bog’liq bo’lgan, fan va texnika yutuqlariga asoslangan bilimlar turkumidan iborat. Bunday dunyoqarash o’zining mazmuni, mohiyatiga ko’ra aslida ilmiy-falsafiy dunyoqarashdir.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash tabiiy qonuniyatlarni ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarashga muvofiq butun organik va noorganik dunyo doimo o’sish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar mavjud olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy aloqadorlikda, ta’sir va aks ta’sirida ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy fikrlash mavjud dunyoning narsa va hodisalarini faqat o’zaro aloqada va bir-birini taqozo qilishdagina emas, balki doimo harakatda, o’zgarishda va rivojlanishda deb qarashni ham talab qiladi. Dunyoni inson ongida bir yaxlit, uzviy aloqadorlik va rivojlanish tarzida in’ikos etish falsafiy dunyoqarashning asosiy xususiyatlaridan birini tashkil etadi.
Falsafiy dunyoqarash narsa va hodisalarni inson ongida yaxlit aks ettirish bilan bir qatorda, u kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma’naviy dunyosini shakllantiradi va boyitadi. Shuningdek, falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik va boshqa olijanob fazilatlarni, axloqiy me’yorlar, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin