Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi
O‘rta asrlar yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. XVI asrgacha G‘arb va Sharq falsafiy tafakkuri har biri o‘zyo‘lida rivojlangan : arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta'siri yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq bo‘lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda
yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta'siri ancha kuchli bo‘lsa-
da, yevropadagidan ilg‘orroq bo‘lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o‘z asarlarini antik davr
mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta'limoti, Empedoklelementlari, Pifagor
matematikasi, Platon g‘oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning
mantiq tizimi ta'sirida vujudga kelgan ilmiy – falsafiy an'ana ruhida yaratganlar.
Yevropa falsafasida materialism o‘rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va
madaniyatga kuchli ta'sir ko‘rsatmagan. U sxolastikada realism bilan bir qatorda paydo bo‘lgan
nominalistik falsafa ko‘rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, so‘ngra
ularning in'ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy tushunchalarda
mavjud, degan g‘oyadan kelib chiqqan. Ammo falsa fani ilohiyotga qaram qilishga harakat
qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.
Ilk o‘rtaasrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo‘lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan
markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash
jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan.
Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga
kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari» ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. pater – ota)
paydo bo‘lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika) dagi yepiskop Avliyo