Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831) falsafiy tizimi nemis klassik idealizmining 
tadrijiy 
yakuni 
hisoblanadi. 
Buyuk 
faylasufning 
barcha 
mashhur 
asarlari: 
«Ruh 
fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812-1816), «Falsafa fanlari qomusi» (1817) ayni shu 
tizimni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. «Ruh fenomenologiyasi» asari Gegel falsafiy tizimiga 


o‘ziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini 
tahlil qiladi. 
Gegel 
falsafiy 
tizimining 
birinchi 
va 
muhim 
qismi 
– «Mantiq» «Ruh 
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu sub'ekt va ob'ektga qadar mavjud bo‘lgan «sof 
fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‘zi va mantiq shakllaridan tashqari hyech qanday empirik 
mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo bo‘lgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq haqidagi ta'limot, mohiyat haqidagi ta'limot va tushuncha 
haqidagi ta'limotga bo‘linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o‘zini to‘liq namoyon etgunga qadar 
«ko‘tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g‘oyaning rivojlanishi 
mavxum mantiqiy kategoriyalar ko‘rinishida yuz beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi 
sof mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo‘lgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o‘z 
mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», o‘z navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel 
fikriga ko‘ra, mutlaq g‘oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan 
borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb etadi. 
Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat 
esa o‘lchov hisoblanadi. Borliq haqidagi ta'limotda Gegel dialektika qonunlaridan biri: miqdordan 
sifatga va sifatdan miqdorga o‘tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga 
harakat qiladi. Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki 
qonuniyatlarga – mohiyatga o‘tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘tishi, 
ularning birligi, ayniyat va kurash to‘g‘risidagi qonunni tahlil qiladi. Gegel fikriga ko‘ra, ziddiyat 
– bu qarama-qarshiliklarning o‘zaro nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lmaydi, lekin turli 
yo‘ldan rivojlanadi va bu ular o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‘ladi. 
Ziddiyatni yechish yoki unga chek qo‘yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl 
va mazmunning, hodisa va mohiyatning, imkoniyat va voqyelikning, tasodif va zaruriyatning 
o‘zaro nisbatida ko‘radi. Ziddiyat haqidagi ta'limotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur 
bo‘lgan, har qanday o‘zgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «o‘z-o‘zidan harakat» haqida 
xulosa chiqaradi. Gegel fikriga ko‘ra, ayniyat va tafovutning nisbatini bilish jarayonida ularning 
zamirida yotgan ziddiyat namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlar mavjudligi hodisaning rivojlanayotganidan 
dalolat beradi. Mohiyat haqidagi ta'limotda Gegel voqyelikni «mohiyat va mavjudlikning birligi» 
sifatida tavsiflaydi. Mohiyatning o‘zi – «mavjudlik asosi»dir. Mohiyat haqidagi ta'limotning 
dastlabki boblaridan boshlab Gegel uni bilish mumkin emas degan tasavvurni rad etadi.
Borliq va mohiyat sohasidagi rivojlanish jarayonlarini belgilovchi zaruriyat tushunchada 
o‘z aksini topadi. Bunday zaruriyat erkinlikka aylanadi, «erkinlik esa – bu anglab yetilgan 
zaruriyat»dir. Shu tariqa «Mantiq» tushunchaga o‘tadi. Bunda Gegel falsafiy metod sifatidagi 
formal mantiq va metafizikani tanqid qiladi, umumiylik, alohidalik va yakkalik dialektikasini 
ishlab chiqadi. Ayni vaqtda u haqiqat tushunchasini fikrning ob'ekt bilan mos kelish jarayoni 
sifatida tahlil qiladi. Bunga g‘oyada erishiladi. Faqat g‘oya tushuncha va narsaning shak-
shubhasiz birligi hisoblanadi.
Nazorat savollari. 
1.Falsafaning predmetiva asosiy funksiyalari. 
2.Dunyoqarashning tuzilishi va tarixiy shakllari. 
3.Qadimgi Hind va Xitoy, qadimgi Eron va Turon falsafasi.
4.Qadimgi Yunon falsafasi. 
5.O‘rta asrlar va o‘yg‘onish davri Sharq va G‘arb falsafasining asosiy xususiyatlari. 
5.Yangi davr va hozirgi zamon G‘arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolari.
6.Milliy falsafani rivojlantirish muammolari 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin