Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Shelling Fridrix Vilgelm Yozef



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Shelling Fridrix Vilgelm Yozef (nemis faylasufi. 1775-1854) Bosh asari: «Transsendent 
idealizm tizimi»ning falsafiy va metodologik ahamiyati shundaki, bu asarda tarixiylik tamoyillari 
ilk bor izchil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Transsendent idealizm tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi. 1. Nazariy 
falsafa o‘zlikni anglash uchun qarama-qarshi yo‘nalishlar (ob'ekt, sub'ekt, ideal va real faoliyat) 
o‘rtasida kurash lozim, degan metodologik qoidadan boshlanadi. Shelling o‘zlikni anglash faqat 
shu kurash jarayonida yuz berishini va «Men» mexanizmi to‘laligicha faqat o‘zlikni anglashni 
tashkil etuvchi qarama-qarshiliklardan keltirib chiqarilishi mumkinligini qayd etadi. Bunda u ikki 
holatni: «Men» endigina yuzaga kelgan va «Men» aniq-ravshan ko‘rinib turuvchi holatlarni 
farqlaydi. Bunda birinchi holat «Men»dan tashqarida, ikkinchi holat – «Men»ning ichida bo‘ladi. 
Shu munosabat bilan ong qaysi holatdan boshlanishini aniqlash va unga mazkur chegaradan, ya'ni 
ongdan tashqarida yotgan narsalarni aralashtirmaslik juda muhimdir.
Shelling o‘z asarida tarixiylik tamoyilidan foydalanib, o‘zlikni anglash tarixida uch asosiy 
davrni (bosqichni): dastlabki sezishdan samarali mushohada yuritishgacha; samarali mushohada 
yuritishdan refleksiyagacha; refleksiyadan irodaning mutlaq harakatigacha bo‘lgan davrlarni 
farqlaydi. Bunda Shelling ong, o‘zlikni anglash va jamiyatning shakllanish jarayonini odamlarning 
amaliy faoliyati bilan bog‘lashga harakat qildi.
2. Amaliy falsafaning bosh tushunchasi – «tarix», bog‘lovchi muhit sifatidagi ob'ektiv 
dunyoda yuz beruvchi va aqlli jonzotlar sifatidagi odamlar erkinligining sharti hisoblanuvchi 
kishilararo o‘zaro aloqasidir. Boshqacha aytganda, bu jahon tarixidagi ob'ektiv qonuniyat 
haqidagi muhim masalaning qo‘yilishidir. 
3. Tabiiy maqsadlar falsafasi ko‘r-ko‘rona kuchlar mahsuli bo‘lgan tabiat amalda 
maqsadga muvofiqlik ruhi bilan sug‘orilgandir degan antinomiyaga asoslanadi. Bu 
antinomiyaning yechimini u sub'ekt va ob'ektning dastlabki ayniyligini e'tirof etish yo‘lida ko‘radi: 
umuman tabiatda va uning ayrim mahsullarida maqsadga muvofiqlikka faqat mushohada yuritish 
yo‘li bilan erishish mumkin. Bu mushohadada tushuncha haqidagi tushuncha va ob'ektning o‘zi 
dastlabki tarzda va uzviy bog‘lanadi – shunda natija maqsadga muvofiq tarzda namoyon bo‘lishi 
lozim.
4. San'at falsafasi – transsendental idealizm tizimining oxirgi bo‘limi. Uning asosiy 
qoidalari quyidagilardan iborat: 
a) san'at – umuman bilishning oliy shakli, chunki faqat u insonga oliy bilimga erishish 
imkonini beradi. San'at amaliy foydaga ham, axloqqa ham, fanga (falsafaga) ham bo‘ysunishi 
mumkin emas, chunki u hamma narsadan oliyroqdir; 
b) san'atning ustunligi shundaki, uning asarlarida ongli va ongsiz faoliyat ayniyati aks 
etadi. «Bizda mujassamlashgan bu teran ziddiyat»ni aynan va faqat san'at yechishga qodir. San'at 
– bu nazariy va amaliy narsalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bartaraf etilib, ongli va ongsiz tabiat 
va erkinlikning to‘la uyg‘unligiga, idealga erishiluvchi jabha; 
v) san'at o‘z rivojlanish jarayonida spiral tashkil etadi: qadimda undan (aniqrog‘i 
poeziyadan) falsafa va boshqa fanlar tug‘ilgan; 
g) san'at – erkinlik va zaruriyatning yuksak birligi. Insonning ijodiy tabiati to‘la davra 
aylanib san'atda o‘zining yakuniy ifodasini topadi. San'at insonga “oliy"ni bilish darajasiga yetish 
imkonini beradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin