FALSAFAFANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Ma’ruza rejasi:
1. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari va asosiy sohalari
2. Falsafaning dunyoqarashga doir ijodiy roli. Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
3. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi.
4. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.
Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari va asosiy sohalari.
«Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib
chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka
muhabbat deb talqin qilish
mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda
tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson
o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan
bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab
«falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani
«barcha fanlar podshosi» darajasiga ko‘targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar.
Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo ham
qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra,
haqiqiy donishmandlik
ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda
mujassamlashgan.
Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi
haqiqat manbai sifatidagi
bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari
birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi
bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy
yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan
holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.