Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi
Sharq – qadimiy madaniyat o‘chog‘i. Sharq Qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon
sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G‘arb madaniyati tarixini o‘rganish
jarayonida Yevropotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi masalaning
Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bulgan madaniy taraqqiyot jahon
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas.
Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatan im
iz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini
o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda
tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning
Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil yea insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri
bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti,
qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda
namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida “Eng qadimgi tarix”
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar
kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi
falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarining
asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko‘hna Sharq sivilizatsiyasining
beshiklaridan biri bo‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik
an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.