Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi insonning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zi mansub 
bo‘lgan jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishdir. Bu masalaning xalqaro darajadagi keng 
va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. 
Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab yetishga 
yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har 
yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi 
kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham 
tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 1948 
yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda 
Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni 
tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan 
XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha 
muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya 
respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu 
ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan 
uzviy bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab yetishga xizmat qilib keldi. Shunday 


muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va 
ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga 
yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. 
Biroq, ma’rifatning vazifasi ko‘zga ko‘rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga 
to‘g‘ri qarashni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‘sht va boshqa mashhur 
faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va tarbiya jarayonini zo‘rlikka qarshi 
yo‘naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish 
mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga 
e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar; 
birinchi atama bilimni, ya’ni o‘rganish mumkin bo‘lgan narsani anglatsa, ikkinchi atama bilim 
berish manbaini emas, balki to‘g‘ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotel ta’biri 
bilan aytganda, insonni o‘zini o‘zi kamol toptirishga rag‘batlantirishi lozim. Shu bois Protagor, 
Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to‘g‘ri 
fikrlash mahoratini o‘rgatishga e’tibor qaratish muhim. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin