Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa. Odatda falsafa 
kundalik hayot va amaliyotdan ancha uzoq bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni 
o‘rganadi, degan fikr mavjud. Ammo bu fikrga qo‘shilish mushkul, zero umumiy nazariyalar, agar 
ularga kengroq ma’noda va uzoqroq istiqbol nuqtai nazaridan yondashilsa, ba’zan bilimning tor 
sohalariga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina muayyan g‘oyalardan yaxshiroq samara beradi.
Albatta, falsafa doim kundalik hayotdan ma’lum darajada uzoq bo‘lgan va shunday bo‘lib 
qolmoqda. Uning o‘ziga xos xususiyati, betakrorligi ayni shu omilda namoyon bo‘ladi. Biroq, 
boshqa tomondan, falsafa oddiy ijtimoiy borliq, kundalik ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy hayot 
amaliyoti deb nomlash mumkin bo‘lgan narsalardan ham o‘zini olib qochmaydi. Falsafiy 
refleksiya va u bilan mushtarak bo‘lgan harakatlarning mazkur yo‘nalishi XX asrda hatto butun 
bir yo‘nalish – amaliy falsafa vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bunda falsafa siyosiy, ijtimoiy va 
boshqa qarorlar qabul qilishga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish mumkin 
emas, ammo bu holni butunlay istisno etish ham o‘rinli bo‘lmaydi. Biroq shu narsa aniqki, falsafa 
odamlar dunyoqarashini shakllantirish orqali ularning xulq-atvorini, yuqorida zikr etilgan 
qarorlarni ishlab chiqish jarayonida ularning yondashuvlarini ham ko‘p jihatdan belgilaydi
faylasuflarning o‘zlari esa ba’zan odamlar hayotini butunlay o‘zgartiruvchi muhim, g‘oyalar 
tashabbusi bilan chiqadilar.
Faylasuflar jamiyatdagi ma’naviyat va axloqning holati uchun ham sezilarli darajada 
javobgardirlar, zero ular nafaqat ijtimoiy meyorlar va tamoyillarni rivojlantiradilar, ulardan dars 
beradilar yoki kitoblar, maqolalar orqali ijtimoiy ongni ular bilan oshno etadilar, balki aksariyat 
hollarda keng jamoatchilik fikrini uyg‘otadigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan, ijtimoiy-
siyosiy muammolar, madaniyat va ma’naviyat masalalariga doir muhokama va munozaralar 
tashkil etadilar.
Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, 
siyosat, ijtimoiyot, huquq, kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biroq, biz falsafa va fan 
munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z 
yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan 
tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin