Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik 
qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substansiya sifatida 
yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substansiyaning namoyon bo‘lish shakllari 
deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – o‘tkinchi: ular vujudga keladi va yo‘q 
bo‘ladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bo‘lmaydi, zero materiyaning o‘zigina fikrlaydi. Jismsiz 
tana bo‘lmaganidek, jismsiz substansiya ham bo‘lishi mumkin emas. Aynan materiya barcha 
o‘zgarishlar sub'ekti hisoblanadi.
Barcha moddiy jismlar ko‘lamlilik va shakl bilan tavsiflanadi. Ularni o‘lchash mumkin, 
chunki ular uzunlik, kenglik va balandlikka ega. F.Bekondan farqli o‘laroq, Gobbsda materiya 
sifat ko‘rsatkichlariga ega emas, u materiyani matematik va mexanik sifatida miqdor jihatidan 
o‘rganadi. Unda materiya dunyosi rang, hid, ovoz kabi xossalardan mahrum. T.Gobbs talqinida 
materiya go‘yo geometrik tus oladi va sifat jihatidan bir jinsli, rangsiz narsa tarzida, miqdoriy 
kattaliklarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatni u faqat mexanik nuqtai 
nazardan tushunadi. Makon va vaqt muammolarini o‘rganishga nisbatan Gobbs materialistik 
nuqtai nazardan yondashadi.
T.Gobbs o‘zining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish ko‘radi. Ammo 
uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, u 
Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni ilgari suradi. «Tabiiy va siyosiy qonunlarning 
elementlari» asarida, «Falsafa asoslari» trilogiyasi («Jism haqida», «Inson haqida», «Fuqaro 
haqida»)da, shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror
qayd etadi. Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, 
Xudo «hamma narsani ko‘rguvchi va hamma narsani boshqaruvchi», «u barcha sabablarning 
birinchisi»dir. Gobbs Xudo voqyealarning tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi.
F.Bekon kabi T.Gobbs ham gnoseologiyada asosan empirik va sensualist bo‘lgan (hissiy 
bilishni bilishning asosiy shakli deb hisoblagan). Insonga moddiy jism ta'siri natijasida vujudga 
kelgan sezgini u bilishning birinchi bosqichi deb hisoblagan. Fikrlashni u tushunchalarni qo‘shish 
yoki ayirish deb hisoblagan, unga o‘z matematik metodini to‘la tatbiq etgan.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin