Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə51/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Ijtimoiy ongning strukturasi ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi. Odamlar faoliyati kanchalik xilma-xil, ularning ijtimoiy munosabatlari kanchalik boy bo`lsa, ijtimoiy ong ham shunchalik boy va murakkab bo`ladi. Vokelikni aks ettirish darajasiga ko`ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo`linadi.
Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo`lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Uning soxiblari – sub’ektlari aloxida olingan shaxslarning hayotiy tajribasi, kizikishlari, qobiliyatlari, bilimlari, hayotda egallangan mavkelari xech kachon bir xil bo`lmaydi.
Odatiy ongda nazariy bilimlarga dalil va asos bo`lib xizmat qiladigan elementlar bo`ladi. Olimlar, san’atkorlar turli nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslanadilar, undan ma’naviy oziq oladilar.
Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar, kundalik turmush qoida va talablari, tabiat haqidagi bilimlar, shuningdek turli uydirmalar, noto`g`ri qarashlar ham o`z ifodasini topadi. Ko`p asrlik hayotiy tajribani ixcham shaklda o`zida mujassamlashtirgan xalq maqollari bunga misol bo`la oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki, inson farzandi murKaqlik davridanok o`z atrofidagilar, sungra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati erishgan ilmiy bilimlarni ham o`zlashtirishga kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir bo`layotgan voqealarga nafaqat o`z tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtai nazaridan ham baxo bera boshlaydi, nazariy ong ta’sirida bo`ladi.
Хush, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak?
Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ongdan farqli ularok nazariy ong o`zgaruvchan harakterga ega. Bu o`zgaruvchanlik ilmiy bilimlarning shiddatli rivojlanishi, vokelik haqidagi bilimlarning doimiy chuqurlashib va kengayib borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, odatiy ongga voqealarning tashqi tomonini ifodalash xos bo`lsa, nazariy ong voqealarning mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham u odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida xosil qilingan bilimlarni saralashga yordam beradi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin