Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 171,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix22.12.2023
ölçüsü171,05 Kb.
#190569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
G\'arb falsafasi



FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOT BOSQICHLARI: G’ARB FALSAFASI. 
REJA: 
1.Qadimgi Yunoniston va antik davr Rim falsafasi 
2.Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi 
3.Uyg‘onish davri falsafasi 
4.XX asr va hozirgi zamon falsafasi 
 
Tayanch tushunchalar
: Rim imperiyasi, xristianlik dini, sxolastika, apologetika, realizm, 
nominalizm, uyg‘onish davri falsafasi, ingliz falsafasi, fransuz falsafasi, nemis mumtoz falsafasi, XX asr 
falsafasi, tarix falsafasi.
 
Qadimgi Yunoniston va antik davr Rim falsafasi
. Qadimgi davr falsafasining bir 
silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi 
deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Fales, Zenon, Geraklit, 
Pifagor, Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit, Epikur va boshqalarning falsafiy, tabiiy-ilmiy, 
ijtimoiy-axloqiy ta’limotlari muhim o‘rin egallaydi.
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII—VI asrlar o‘rtasida 
Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, 
Anaksimenlar dir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624—547-yillarda yashagan). U 
Yunon fani va falsafasining asoschisi bolib, o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, faylasufi bolgan. 
Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo 
bolgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda boladi. Anaksimandr 
(Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U 
«Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga 
suvni qo‘ygan bolsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va 
sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga 
o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom 
ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588—525-yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. 
Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, 
siyraklashishidan esa olov paydo bolgan.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460-yillar) Kichik Osiyoning 
G'arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos 
solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. 
«Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, Chunki suv har daqiqada yangilanib 
turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Geraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro 
qarama-qarshi tomonlarga o‘tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bogliq. Masalan, dengiz 
suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bolsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning 
qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Pifagor (eramizdan avvalgi 580—500-yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan 
faylasuflardan biridir. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni 
pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan 
chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z 
uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlami bilishdan 
boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko‘ra, damning asosida modda ham, tabiat ham 
emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. 
Pifagorchilar birinchi bolib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor 
kategoriyasini ilgari suradi.
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan awalgi VI—V asr) shoir va 
faylasuf bolgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy 
Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini Eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi Diogen 
Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifldir. Afsuski, ushbu 
asarning yarmigina omon qolgan, xolos. Uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat - o‘zgarmas va 
harakatsizdir, «Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz 
hammamiz yerdan tugllganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan 


birinchi bolib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon 
gnoseologiyasining rivojiga turtki boldi.
Ksenofant ilgari surgan g‘oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko‘zga 
ko‘ringan namoyandalaridan biri, eramizdan awalgi 504-yili tugllgan Parmenid tomonidan 
rivojlantirilgan. Parmenidning shogirdi va do‘sti Zenon (490—430-yillar) o‘z ustozining 
ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatida soflstlar falsafasi katta o‘rin tu~ tadi. Soflstlar antropologiya 
(inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari bilan shug‘ullangan. 
Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud 
mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bolib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga 
xizmat qilgan. Ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Suqrot (eramizdan oldingi 469—399-yillar) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi, u 
kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li, Afina hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar 
tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bolgan. Uning 
hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O‘z davrida 
Afinadagi hukmron tartib-qoidalarga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun uni 
dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy 
ayb qo‘yilgan. Garchand qutulish imkoni bolsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq 
hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib olgan. Suqrot va 
uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bolishidan qat’i nazar, so‘zsiz itoat etishni 
targ'ib etganlari g‘oyatda ibratlidir. «Aflotun mening do‘stim, ammo qonun do‘stlikdan ustun 
turadi» degan hikmatli ibora o‘sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.
Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, xiyobonlarda 
shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, 
lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari 
Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan'bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot 
haqida esdaliklar» asarida o‘z ustozi haqida iliq so‘zlar aytib, uni oliyjanob, axloq-odob borasida 
haqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy 
ayb qo'yish — tuhmat ekanini alohida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni 
uluglovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o‘z asarlarida Suqrot 
nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‘i 
lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga 
bogliq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutgani bois xalqimiz, buyuk 
allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi 
pand-nasihatlariga amal qilgan. Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi 
tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va 
dramaturg bolgan, o‘z g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428-yil 21-mayda 
Delos orolida tugllgan. O‘zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. 
Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu 
Aflotunning eng yaqin do‘sti va shogirdi bolgan.
Aflotun «G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, 
g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish 
va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G‘oyalar 
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam 
uchraydi, ular ulkan aql egasi boladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, 
soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384—322-yillar) (asli — Aristotel) qadimgi 
Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan 
mashhurdir. O‘n yetti yoshida o‘z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan 
akademiyaga o‘qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning olimiga qadar) shu yerda tahsil 
olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filipp II ning takliflga bi~ noan, uning o‘g‘li 


Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, 
jahongirlik maqomiga kolarilgan Iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bolgan.
Keyinroq Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likey» nomli maktab ochgan. Ilmiy 
faoliyatining samarali bolishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr 
tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan 
keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. 
Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan Arastu ko‘p o‘tmay o‘sha yerda vafot etgan. Arastu 
zabardast qomusiy olim bolib, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar 
bo‘yicha olmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Arastuning g‘oya va qarashlari Sharqda keng 
yoyilgan va u «Birinchi muallim» deya e’tirof etilgan.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — 
moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy 
zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bo‘shliq 
o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning 
miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning 
abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda, na jamiyatda hech bir 
narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy 
ta’limot muhim o‘rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy 
bogliqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan 
barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim.
Qadimgi Yunon mutafakkiri Epikur (341—270-yillar) Demokrit ilgari surgan atomchilik 
ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog'onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan 
boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar— bolinmas, 
olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga 
bolgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bolsa, ikkinchi guruhga 
atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini 
kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotiga ulkan hissa qo‘shgan. Epikurning 
falsafiy-axloqiy ta’limoti o‘z zamonasida ilg‘or ahamiyatga ega bolgan. Rohat-farog‘at, 
xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda 
ruhiy tashvishlardan xalos bolishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. Uning fikricha, davlat 
kishilarning o'zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv 
g‘oyasi keyinchalik XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan 
davom ettirilgan.
Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99—55-yillar) davom ettirgan. 
U «Narsalarning tabiati to‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bolgan. Yashashdan maqsad, deb 
yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o‘z 
qonunlariga ega hamda tabiat qommiyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning 
falsafiy qarashlari o‘z davri va o‘rta asr falsafasiga o‘z ta’sirini kovrsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, shaklini 
o‘zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab 
turga bolinadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab olgan. Bular — narsaning 
oglrlikka ega bolgani uchun to‘g‘ri chiziqli harakati, narsaning o‘zicha og‘ish harakati, narsaga 
turtki bolgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bolsa-da, 
tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko‘rsatgan.

Yüklə 171,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin