Fan : Algebra



Yüklə 5,13 Mb.
səhifə4/4
tarix16.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#181890
1   2   3   4
5-sinf geografiya Yerning ichki tuzilishi fanidan dars ishlanma,

O'yin texnologiyasi: Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog'ozlarni o'qituvchiga topshiradilar, sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi. Boshqaruvchi qo'llarni sanab, har biriga 1 balldan qo'yadi. Har bir savolga bir o'quvchidan javob so'raladi. Agar javob noto'g'ri bo'lsa o'sha guruhdan bir ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko'p ball to'plasa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.


«geolog» o'yini. Bu o'yinni geografiya darsida xohlagan mavzuni o'qitishda qo'llash mumkin. O'quvchilarni stol atrofida shunday joylashtirish kerakki, bir-birining nima yozayotganligini ko'rmasin. O'yinni o'qituvchi yoki a‘lochi o'quvchi boshqarib borishi mumkin. U vazifani tanlaydi. O'quvchi besh daqiqa ichida topshirilgan topshiriqni bajaradi. O'quvchilar yozishni bir vaqtda tugatishi shart. Masalan, kim ko'p tarbiya fanidan yozish vazifasi bo'lsa eng ko'p yozgan va uni izohlab bergan o'quvchi g'olib hisoblanadi.


«Nimaga? va nima uchun?» o'yini. Bu o'yinni barcha umumta‘lim fanlarining barcha mavzularini o'rganish jarayonida qo'llash mumkin. Jumladan, geografiya fanida ham mavzularni o'rganishda qo'llasak bo'ladi, bu o'yinda o'qituvchi bir xil hajmdagi karton qog'ozlarga bittadan qirqtagacha aniq savollar yozib chiqadi. Savollar «nimaga va nima uchun?» tamoyiliga moslab yoziladi.Usulni qo'llashdan oldin barcha varaqalar yig'ib olinib, aralashtiriladi va teskari qilib qo'yib chiqiladi. O'quvchilar birin-ketin varaqa tortib, savolga javob beradilar. Agar savolga javob bo'lmasa, o'quvchi uni qaytib joyiga qo'yadi. Savolga to'g'ri javob bergan o'quvchi varaqani o'zida saqlab qoladi. Eng ko'p varaqa to'plagan o'quvchi g'olib hisoblanadi
Aziz o`quvchilar sizlardan albatta, kelajakda yurtimiz, vatanimiz ravnaqi yo`lida o`z bilimini ayamaydigan ajoyib tadbirkorlar, geografiyaga hissa gʻushadigan kashfiyotchi muhandislar chiqadi degan umiddaman.

Uyga vazifa:

Dars so`ngida o`quvchilar baholandi va baholar kundalikka qo`yildi.




Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin