Fan : Kimyo. Sana



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə110/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Yangi mavzuni bayoni: 


  • A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilishi nazariyasidagi asosiy qoidalar.

  • Kimyoviy tuzilish molekulalarda atomlarning birikish va o'zaro ta'sir etish tartibi ekanligi.

  • Izomeriya.

  • Modda xossalarini molekulaning kimyoviy tuzilishiga bog'liqligi.

  • Kimyoviy tuzilish nazariyasining ahamiyati. v

Organik birikma va organik kimyo tushunchalarini 1827-yilda shved kimyogari I.Ya.Berselius kiritgan. U organik kimyoni o'simlik yoki hayvonlardan olinuvchi moddalar kimyosi deb e'tirof etdi.

Har qanday fanning asosini nazariya tashkil qiladi. Har qanday nazariyaning kuchini ma'lum dalillarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berish imkoniyati belgilaydi.

Organik kimyoning ilmiy asosini kimyoviy tuzilish nazariyasi tashkil qiladi.

1858-1861-yillarda rus olimi A.M.Butlerov Parij va Shpeyer (1861-yil 16- sentabr) shaharlarida kimyoviy tuzilish nazariyasi asoslariga doir ma'ruza qilgan:



  1. Atom va molekulalar real mavjud. Atomlar molekulada tartibsiz holda emas, balki valentliklariga mos ravishda ma'lum izchillikda bir-biri bilan kimyoviy bog'lar orqali birikadi.

  2. Moddaning xossalari nafaqat sifat va miqdoriy tarkibga, balki molekula- larning kimyoviy tuzilishiga ham bog'liq.

  3. Molekuladagi atom yoki atomlar guruhi bir-biriga bevosita va bilvosi- ta ta'sir ko'rsatadi.

  4. 1823-yilda Yu.Libix va F.Vyoller tomonidan izomeriya hodisasi ochildi.

  5. 1876-yilda J.Dyuma va P.Buley tomonidan organik moddalarni radikallar asosida birinchi tuzilish nazariyasi taklif etildi.

  6. Elementlar valentligining ochilishi (E.Franklend, 1858).

  7. Uglerodning to'rt valentliligi aniqlanishi (A.Kekule, 1857).

  8. Uglerod atomlarining bir-biri bilan bog'lana olish qobiliyatining aniqlanishi (A.Kuper, A.Kekule, 1857).

  9. Atomlarning ulanish kimyoviy kuchini belgilash uchun valentshtrixining kiritilishi (A.Kuper, 1858).

  10. «Atom» va «molekula» tushunchalarining aniqlashtirilishi va ajratilishi (Karlsruedagi xalqaro syezd, 1860).


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin