Yangi mavzuni bayoni: Uglevodorodlar eng sodda organik moddalar bo'lib, uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan. Uglevodorod zanjiridagi uglerod atomlari orasidagi bog' tavsifiga qarab, to'yingan, to'yinmagan va aromatik uglevodorodlarga bo'linadi.
To'yingan uglevodorodlar - uglerod atomlari o'zaro oddiy bog' bilan, qolgan valentliklari vodorod bilan to'yingan uglevodorodlar.
To'yingan uglevodorodlar - atsiklik va alitsiklik uglevodorodlarga bo'linadi.
Atsiklik uglevodorodlar - halqali tuzilishga ega bo'lmagan alifatik uglevodorodlar.