Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni:
To'yinmagan uglevodorodlar - molekulalarida uglerod atomlari] qo'shbog' yoki uchbog' orqali bog'langan uglevodorodlar.
To'yinmagan uglevodorodlarning eng muhim vakillariga alkenlar (etilen qatori), alkadiyenlar (diyen qatori), alkinlar (asetilen qatori) kiradi.
Alkenlar - molekulasida bitta qo'shbog' tutgan uglevodorodlar.
Alkadiyenlar - molekulasida ikkita qo'shbog' tutgan uglevodorodlar.
Alkinlar - molekulasida bitta uchbog' tutgan uglevodorodlar.
Geometrik stereoizomeriya - o'rinbosarlarning qo'shbog' atrofida fazoviy joylashuvining turlichaligi natijasida vujudga keladigan izomeriya. Strukturaviy izomeriya - uglerod zanjirining tarmoqlanishi va qo'shbog'ning joylashishi bilan bog'liq bo'lgan izomeriya.