Kimyoviy xossalari. Alkenlar va alkinlar alkanlarga qaraganda ancha faol moddalar. Ularning kimyoviy xossalarini etilen - eten va asetilen - etin misolida ko'rib chiqamiz. p-elektronlarning molekula tekisligidan tashqarida o'zaro qoplama hosil qilgani uchun p-bog' barqarorligi kichikroq bo'lishi ularning kimyoviy faolligiga sabab bo'ladi. Kimyoviy reaksiyalarga dastlab qo'shbog' yoki uchbog' tutgan uglerodlar kirishadi. Shuning uchun ularga birikish reaksiyasi xos.
Galogenlarning birikishi (galogenlanish):
Ishlatilishi. Etilen va asetilen zamonaviy organik kimyo texnologiyasida muhim xomashyo hisoblanadi. Etilenning yarmidan ko'prog'i polietilen olish uchun ishlatiladi. Qolgan qismi etanol, xloretan, vinilxlorid, stirol kabi ko'plab organik moddalar sintezi uchun sarflanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chala pishgan holda uzoq masofalarga tashishda etilenning ularni (asosan, mevalarni) yetiltirish xususiyatidan foydalaniladi. Asetilendan etil spirti, sirka kislota, sintetik kauchuk, polixlorvinil va poliftorvinil plastmassalar olinadi.