Izomeriya.Alkenlarda butendan boshlab, strukturaviy izomeriya vageometrik stereoizomeriya, alkinlarda esa faqat strukturaviy izomeriya (butindan boshlab) kuzatiladi. Alkenlarni nomlashda tegishli alkan nomi negiziga - en qo'shimchasi, alkinlarda esa - in qo'shimchasi qo'shiladi va izomerlarni nomlaganda uglerod atomlari qo'shbog' yoki uchbog' turgan tomondan raqamlanadi.
Fizik xossalari. Quyi alkenlar - gaz, C5H10dan boshlab C|4H1X gacha-suyuq, yuqori alkenlar - qattiq moddalar. Barcha alkenlar suvda deyarli erimaydi, spirtda qisman eriydi.
Alkinlarning dastlabki uch vakili gaz, C4 dan C8gacha suyuq, undan keyingilari esa qattiq moddalardir.