"Agar havoda chang va tutun bo'lmasa, odam mingyilyashashi mumkin".
Abu Ali ibn Sino
Keyingi yillarda Orol dengizining suvi kamayib borishi suvda erigan tuzlar konsentratsiyasining ortishiga, tuzlarning cho'kindi tog' jinslari sifatida cho'kib qolishiga, qurib qolgan dengiz qirg'oqlaridagi tuzlarning atmosferaga chang bo'lib ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Natijada biosferadagi ekologik munosabatlaming buzilishiga olib kelmoqda.
Suv tabiatda eng ko'p tarqalgan modda. Yer yuzining 2/3 qismini suv qoplagan. Tabiatda sodir bo'ladigan deyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Gidrosferadagi suv, bug'langan suv, bug' holatdagi atmosferada uchraydigan suv juda katta miqdomi, ammo ichish uchun yaroqli suv tabiatdagi mavjud suvning atigi 1% ga yaqin qismini tashkil etadi. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, kelajakda insoniyat suv tanqisligiga uchrashi mumkin.
Suvning har bir tomchisini tejab-tergab asraylik! Uni musaffo saqlaylik!
Suv barcha tirik organizmlarga hayot baxsh etuvchi moddadir! Siz o'z hayotingizni suvsiz tasavvur qilib ko'ring-chi. Bu dahshat-ku! Shunday ekan, vodoprovod jo'mragini bekorga ochiq qoldirmaylik!
Dostları ilə paylaş: |