Fan: Mehnat ta’limi


Darsda foydalaniladigan metodlar



Yüklə 370 Kb.
səhifə11/24
tarix02.01.2022
ölçüsü370 Kb.
#38949
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
2 5217927459780952375

Darsda foydalaniladigan metodlar: An’anaviy

Darsda foydalaniladigan jihozlar: -

Darsning tarkibi

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash, nazorat ishi savol va topshiriqlari bilan tanishtirish


Nazorat ishi uchun savol va topshiriqlar:
1.Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar haqida tushuncha .

2. Mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan jarayonlar.

3.Gazlamaga ishlov berish yo’nalishidagi mexanik ta’sir etish bilan bog’liq jarayonlar.

4.Pazandachilikda mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar.

5.Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi.

1. Texnologiya deganda mahsulot olish jarayonida qo’llanaladigan xom ashyo, material yoki yarimfabrikatni qayta ishlash, tayyorlash, ularning holatini, xossalari va shaklini o’zgartirish usullarining mazmunini tushuntiradi. Odatda texnologiya konkret ishlab chiqarish bilan bog’lanadi. Masalan, sulfat kislota olish, po’lat eritish, non yopish, poyabzal tayyorlash va hokazolarnning texnologiyasi bir-biridan farqlanadi. Texnologik jarayon texnologik jarayonlardan tashkil topadi. Texnologik operatsiya texnologik jarayonning tugallangan qismidir, uni ishchi (ishchilar gruppasi) uzliksiz bitta ish o’rnida buyum tayyorlash bo’yicha bajaradi. Mehnat ta’limi darslarida yog’ochga, metallga gazlamaga ishlov berish bo’yicha ayrim texnologik operatsiyalarni: rejalash, chizmaga qarab detallar tayyorlash, detallani yig’ish kabi ishlarni bajarganmiz.

Texnologik operatsiyalar o’tishlarga ajraladi. O’tish operatsiyaning qismlarga bo’linmaydigan inisturument (moslama)ni almashtirmay bitta yoki bir nechta ishchi tomonidan ish rejimini o’zgartirmay bajaraladigan tugal qismidir.

Juda ko’p texnologik jarayonlar mavjud bo’lib, ularning har biri o’z strakturasi va xusiyatlariga ega. Lekin bir qancha texnologik jarayonlar uchun umumiy bo’lgan qator usullar mavjud: mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullardir.

Kimyoviy usul bilan mehnat predmetiga ximyaviy reaksiyalar hisobiga o’zgaradigan texnologik jarayonlaramalga oshiriladi. Bu usul bevosita ximiya sanoatida emas, balki xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida ham ishlatiladi. Elektro texnika sanoatida ayrim elektroizolatsiyan va o’tazgich materiallar tayyorlashda, qishloq xo’jaligida zararkunadalarga qarshi kurashishda, mashinasozlikda metallarni korroziyadan saqlashda ham keng qo’llaniladi.

Biologik usul mehnat predmeti jonli organizmlarda ro’y beradigan boiximyoviy jarayonlar ta’sirida o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Biologik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda ro’y beradigan bioximyoviy jarayonlar ta’sirida o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Biologik usullar sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, oziq-ovqat, ximiya, yengil sanoatda keng tarqalgan, shuningdek ular metallurgiyada ham o’rin olgan bo’lib, maxsus bakteriyalar yordamida rudadan ayrim metallarni (mis, marganes, xrom) ajratib olish yo’llari topilmoqda.

Energetik usul energiyaning elektr yadro va boshqa turlarida bevosita foydalanish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Masalan, mis va layuminiy elektroliz yo’li bilan olinadi, ko’p detallar yuqori chastotali toklar bilan mustahkamlanadi.

Kombinatsiyalashgan usul. Qator materiallarni qayta ishlash texnologiyasi yuqoridagi ko’rib chiqilgan usullarning jamlammasiga tayyorlanadi. Kombinatsiyalashgan usulning misoli sifatida metallga himoyalovchi va dekarativ himoyalarni, elektro ximya metodi bilan surtishni ko’rsatish mumkin. Detallarga elektrofizik usulda ishlov berish ham kombinatsiyalshgan usulga kiradi, buning namunasi materiallarni elektronlar tutami bilan payvanlash va keshishdir.

2. Mexanik (fizik-mexanik) usul mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish, chunonchi, materiallarni kesish, qirqish, detallarni vintlar, mix parchinlar bilan biriktirish, prislash orqali amalga oshadigan texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Bichish sexining asosiy texnologik operatsiyasi gazlama qavatlarini bichish stolida to‘shash hisoblanadi.

Bichish sexiga gazlamalar (avra, astar) gazlama to‘pi holida yoki gazlama to‘pidan to‘shama uzunligida, qavatlarga qirqib olingan holida aravachalarda keltiriladi. Gazlama hisob kartasiga asosan to‘shaladi. To‘shamaning asosiy parametrlari — to‘shama uzunligi va to‘shama balandligi (ya’ni qavatlar soni). To‘shama uzunligi bitta buyum gazlama sarfiga va joylamadagi andazalar komplektiga bog‘liq. To‘shama uzunligi 8—9 m ortsa (ayniqsa, jun gazlamalar uchun) to‘shamaning sifati pasayadi hamda gazlamani to‘shash qiyinlashadi.

To‘shamaning balandligi 15—18 sm dan ortmasligi kerak. Oo‘shama balandligi, ya’ni to‘shamadagi qavatlar soni gazlama turiga bog‘liq bo‘lib, quyidagicha tavsiya etiladi:

Kastumbop gazlamalar 28—34 qavat.

Drap gazlamasi 18—24 qavat.

Ipak va astarli gazlamalar 50—60 qavat.

Ip gazlamalar 100—120 qavat.

Gazlamalarni to‘shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi:

1. Gazlamaning guli va tuki yo‘nalishiga e’tibor berish.

2. Barcha qavatlarning milklarini to‘shamaning bir tomoniga tekislab, bir-biriga to‘g‘ri keltirish. Tikuvchilik buyumlari tayyorlash jarayonlaridagi asosiy texnologik jihoz, tikuv mashinasi hisoblanadi. Ularni umumiy ishlarga mo‘ljallangan mashinalarga, bajariladigan ishlar yoki baxyaqatorlarning xili bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mashinalarga va yarimavtomatlarga ajratish mumkin. Tikuv mashinalaridan, ayniqsa, maxsus va yarimavtomat mashinalardan foydalanilganda operatsiyalarni bajarishga ketadigan vaqt ancha qisqaradi, mahsulot sifati yaxshilanadi.

4. Pazandachilikda mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan jarayonlar:

Keshish, qirqish, qirish, yopish, yasash, bukish…ga izohlar beriladi.

Fan- texnika tarakkiyoti tabiat va unda sodir buladigan tabiiy jarayonlarga keng kulamda ta`sir kursatmokda. Bu esa tabiatning ifloslanishiga va ekologikmuvozanatning buzilishiga sababchi bulayotir: atrof-muxitga xar yili 30 mlrd,tonna gaz, suyuk, kattik xolatdagi sanoat va maishiy chikindilar tashlab, atmosfera,gidrosfera va litosferani ifloslantirmokda. Bu xol esa inson faoliyatiga salbiy ta`siretmokda.

V.I.Vernadskiy nazariyasiga kura, tabiat bir butun bulib, undagi barcha

tarkibiy kismlar bir-birlari bilan bevosita boglikdir. Insonning tabiatga ta`siri quyidagi omillarga asoslangan:

-er sirtning tarkibiy qismi bulgan qurik, buz erlarni o’zlashtirish, o’rmonlarni kesish, adir va dungliklarni tekislash, tuprokka mikroelementlar kushish,meliortsiya, irrigatsiya, suniy suv omborlari yaratish:

-biosfera tarkibining uzgarishi uni tashkil etuvchi moddalar mikdori

uzgarishi va energiyaning aynalishi xisobiga sodir buladi:

-er osti foydali kazilmalarini kazish va ishlash, suniiy bushliklarning xosil bulishi, atmosfera va suv xavzalariga turli chikindilarni kushilishi tabiatda suv aylanishini o’zgartiradi:

- er sharining ayrim qit`alarida yoki sayyorada energiyaning, xususan,

issiklik balansining uzgarishiga olib keladi:

- jonli organizmga ekologik omillarning zararli ta`siri okibatida ayrim

xayvon, paranda, xashorat, mikrob turlarining kirilib ketishi, ularning urniga zararli

turlarning paydo bulishi, yangi yashash va kupayish joylariga kuchish xodisasi

sodir buladi:

- ekologik tizim-turli xildagi organizm maj muining mavduligi, ularning

birgalikda yashash bir-birlari bilan uzaro alokadorligini, yashash muxiti bilan uziga xos konuni munosabatda bulishini bildiradi.

Texnika fanlarining xar biri uzining anik maksadi va urganadigan ob`ektiga ega bulib, ularning konuniyatlari ukish va ishlab chikarish jarayonlarida kundalik xayotda katta axamiyatga egadir.

Texnika fanlari insoniyatga tabiatga ta`sir etishning yangi yunalishlarini

ochib beradi. Eski mexnat vositalari urniga yangi texnologiyani joriy kilish mexnatunumdorligini oshiradi, xamda ayrim ekologik muammolarni tugri xal etadi.




Yüklə 370 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin