Shunga qaramay, mazkur sohada iste’molchilarning huquqlari buzilishi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq qator muammo va kamchiliklar mavjud, xususan
Shunga qaramay, mazkur sohada iste’molchilarning huquqlari buzilishi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq qator muammo va kamchiliklar mavjud, xususan:
birinchidan, bitimlarni, shuningdek,ularniraqamli makonda amalga oshiruvchi shaxslarni hisobga olish va monitoring qilishning samarali mexanizmi mavjud emas;
ikkinchidan, elektron tijorat ishtirokchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha instrumentlarning takomillashmaganligi;
uchinchidan, elektron tijorat orqali tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi iste’molchilar huquqlarining himoya qilinmaganligi;
to‘rtinchidan, elektron tijoratning norasmiy sektori rivojlanishi oqibatida soliq bazasining yashirilishi;
Shu munosabat bilan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash va soliq tushumlarini oshirishga yo‘naltirilgan elektron tijorat ma’muriyatchiligining zamonaviy modelini yaratish maqsadida:
2021 yil 1 apreldan boshlab:
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA
2023 yil 1 yanvarga qadar o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda soliq organlarini xabardor qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshirish natijasida olingan daromad yoki foyda bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq va foyda solig‘ining stavkalari, ular tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi bilan shug‘ullanadigan Elektron tijorat sub’yektlarining milliy reyestriga kiritilgan kiritilmaganligidan qat’iy nazar, 50 foizga pasaytiriladi. 6. 2023 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga tovarlar (xizmatlar) elektron savdosi bilan shug‘ullanuvchi va o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan bitta jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatga olingan tadbirkorlik sub’yektlariga soliq organlarini xabardor qilgan holda quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilsin: mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha - ularni keyinchalik 24 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan; ijtimoiy soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha - uni keyinchalik 24 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlariga soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida, shu jumladan, tovarlar (xizmatlar) elektron savdosini soliq organlarini xabardor qilmasdan, shuningdek, Internet tarmog‘ida maxsus raqamli koddan foydalanmasdan amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risida xabar beruvchi shaxslarni rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin. Muhokama 2021 yil 7 martga qadar davom etadi.