Reaksiyani bajarish uchun BaCl2eritmasining 2-3 tomchisiga, shuncha Na2HPO4 eritmasidan tomiziladi.
7. Alanga rangining bo'yalishi. Bariyning uchuvchan tuzlari, masalan, BaCl2, Ba(NO3)2 va boshqalar gorelkaning rangsiz alangasini yashil rangga bo'yaydi.
2.3. Stronsiy ionining reaksiyalari
1. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar Sr2+ bilan kislotalarda deyarli erimaydigan oq cho'kma (loyqa) - SrSO4hosil qiladi:
SrCl2 + H2SO4→ SrS04↓ + 2HC1
Bu cho'kma (loyqa) sekin hosil bo'ladi. Bu uni bariy dan farqlab turadi. Agar eritma sekin loyqalanib, birozdan so'ng cho'kma hosil bo'lsa, bu eritmada bariy ionining yo'qligi va stronsiy ionining mavjudligini ko'rsatadi.
2. Gipsli suv, ya'ni CaSO4-2H2O ning suvdagi to'yingan eritmasi Sr2+ ioni bilan oq rangli SrSO4 cho'kmasini (loyqa) hosil qiladi. Buning sababi, gips suvda qiyin erisa-da, uning eruvchanlik ko'paytmasi
(Ks° =2,37·10-5)SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasidan
(Ks° = 3,2 • 10-7) 74 marta ortiq. Shuning uchun CaSO4 ning to'yingan
eritmasidagi SO42+ ioni konsentratsiyasi SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi qiymatidan ortib ketishi uchun yetarlidir. Ammo SO42+ ionining konsentratsiyasi ancha kichik bo'ladi, shu bois reaksiya natijasida SrSO4 ning cho'kmasi mo'l emas, balki sekin paydo bo'ladigan loyqasi hosil bo'ladi. Eritmani qizdirish loyqa hosil bo'lishini tezlashtiradi. BaSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi(Ks° =1,1·10-10)SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasidan(K°s=3,2·10-7) kichik bo'lgani sababli, bariy tuzlari gipsli suv ta'siridan BaSO4 cho'kmasini SrSO4cho'kmasidan farqli ravishda tez hosil qiladi. Bundan Sr2+ ionini CaSO4 yordamida Ba2+ioni ajratilgandan keyingina topish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.