Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2eritmasiga 1-2 tomchi CH3COONa va 2-3 tomchi K2Cr2O7 eritmasi tomiziladi.
4. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar) Ba2+ ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho'kma - BaSO4 hosil qiladi:
BaCl+H2SO4→BaSO4↓ + 2HC1
Bariy ioni sulfat kislota yoki eruvchan sulfatlar ta'siridan tezda bariy sulfat cho'kmasini hosil qiladi.
Reaksiyani bajarishuchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha H2SO4, Na2SO4 yoki (NH4)2SO4 qo'shiladi.
5. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 bariy ioni bilan HC1 va HNO3 kislotalarda qizdirilganda CH3COOH da ham eriydigan oq kristal cho'kma - BaC2O4 hosil qiladi:
BaCl2+ (NH4)2C2O4→BaC2O4↓ + 2NH4C1
Ba2++C2O42- →BaC2O4↓
Cho'ktirish issiq eritmada sekin amalga oshirilsa, yirik kristal cho'kma sovuq eritmada bajarilsa, mayda kristal cho'kma hosil bo'ladi.
Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha (NH4)2C2O4eritmasi qo'shiladi.
6. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 Ba2+ ioni bilan pH=5-6 bo'lganda HC1, HNO3va CH3COOH kislotalarda eriydigan BaHPO4 ning oq cho'kmani hosil qiladi:
BaCl2+ Na2HPO4→ BaHPO4↓ + 2NaCl
Ba2++ HPO42-→ BaHPO4↓
BaHPO4 ning CH3COOH da erishishi kam dissotsilanadigan H2PO4ioni hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi:
BaHPО4↓ + H+→ Ba2++ H2PO-;
Cho'kmaning erishi muhitga bog'liq bo'lib, pH<4 bo'lganda cho'kma ancha eriydi, pH<3 bo'lganda esa u to'liq erib ketadi. Neytral va ishqoriy muhitlarda o'rta tuz - Ba3(PO4)2 hosil bo'ladi. Fosfatlarning hatto sirka kislotada ham erishini kislotalarning kislotalik konstantalari qiymatlari orasidagi farqni:
bilan tushuntirish mumkin
Sirka kislota fosfat kislotaning birinchi bosqichga doir dissotsilanishidan kuchsiz, biroq ikkinchi vauchinchi bosqichlarga doir dissotsilanishidan ancha kuchli. Shuning uchun sirka kislota ta'siridan erkin ortofosfat kislota hosil bo'lmaydi. Kalsiy va stronsiy fosfatlarining eruvchanligi shunga mos ravishda tushuntirilishi rnumkin.
3>4>