4. Kaliy xromat - K2CrO4 Pb2+ ioni bilan sariq rangli PbCrO4 cho'kma hosil qiladi:
Pb(NO3)2 + K2CrO4= PbCrO4↓ + 2KNO3 Cho'kma ishqorlar va HNO3 da eriydi, CH3COOH da esa erimaydi.
5. Xlorid kislotaeritmasidan 4-5 tomchisi Pb(NO3), ning 3-4 tomchi eritmasiga qo'shilsa, oq rangli PbCl2 cho'kma tushadi:
Rb(NO3)2 + 2HC1=PbCl2↓+ 2HNO3 Pb2++2Cl-=PbCl2↓
Cho'kma qaynoq distillangan suvda eriydi, eritma sovitilganda esa yana cho'kadi.
6. Natriy gidrofosfatqo'rg'oshin ioni bilan oq rangli cho'kma hosil qiladi:
3Pb2+ + 4HPO42-=Pb3(PO4)2↓+ 2H2PO4- Pb3(PO4)2ishqorlarda yaxshi, nitrat (suyultirilgan) va sirka kislotalarda kam eriydi. Qo'rg'oshin fosfatning kislotalarda kam erishidan fosfatlarni I-III gruppalar kationlaridan ajratishda foydalaniladi.
Birinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi I guruh kationlari aralashmasining sistematik analizi quyidagi tartibda bajariladi:
I guruh kationlari aralashmasini cho`ktirishda tekshiriladigan aralashma ammiak yordamida neytrallanadi. Neytral eritmaga konsentratsiyasi 1.2 N bo'lgan HCI eritmasidan teng hajmda qo'shiladi. Bunda erilmaning konsentratsiyasi ikki marta kamayib, 0.6 N bo'ladi. Cho'kmali probirka sovuq suv ostiga qo'yib sovililadi. Hosil bo'lgan cho'kmaning to'laligitekshiriladi. Cho'kma scntrifugalab, ajratiladi. Cho'kmada AgCl, Hg2Cl2 va PbCl2 (1-cho'kma) bo'ladi. critmada analizga kcrak bo'lmagan ionlar va qisman qo'rg'oshin ioni (I -eritma) bo'ladi,
2. Pb:2+ iomni ajratish va topish. 1-cho'kmani 10-15 uanchi larkibida bir necha tomchi HCI eritmasi bo'lgan distillangan sovuq suv bilan yuving. So'ngra unga 2-3 marta taxminan 0,5 ml qaynoq suv qo'sliing. Bunda PbCl2 eriydi. Eritmani sentrifugada chokmadan ajrating. Cho'kmada AgCl va Hg2Cl2 (2-cho'kma), PbCl2 (2-eritma) bo'ladi. Issiq 2-eritma soviganda ninasimon kristallar hosil bo'lsa. bu tekshiriladiganeritmada Pb:2+ borligidan dalolat beradi. Pb!2+ borligini tekshirib ko`rish uchun 2-eritmaga biroz sulfat kislota qo'shing. Agar aralashmada Pb;2+ ioni bo'lsa. oq cho'kma tushadi. Pb;2+ionibortigini 2-eritma K2CrO4 qo'shib tekshirish ham mumkin. Pb:2+ ioni bo'lsa, sariq cho`kma hosil bo'ladi. Agar aralashmada Pb:2+ioniborligi aniqlangim bo'lsa, 1-cho'kmaga suv qo'shib suyullirilgan aralashma qtiynaguncha qizdiriladi va cho'kmadagi PbCl2lo'liqerimagunichu qaynoq suv bilan yuvilaveradi.