5. Vodorod sulfidning 3-5 tomchi eritmasi 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga aralashtirilganda, qora rangli Ag2S cho'kma tushadi:
2AgNO3+H2S=Ag2S↓+2HNO3 Cho'kma HCI va H2SO4 da erimaydi, 2 N HNO3 da esa eriydi.
6. Kaliy xromat2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga shuncha miqdorda tomizilsa, qizil rangli Ag2CrO4 cho'kma hosil bo'ladi:
2AgNO3+ K2CrO4= Ag2Cr04↓+ 2KNO3 Cho'kma CH3COOH da erimaydi, NH4OH va-HNO3 da eriydi.
7. Kaliy yodidning3-4 tomchi eritmasi 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga qo'shilca, sarg'ish cho'kma hosil bo'ladi:
AgNO3 + KJ= AgJ↓ + KN03 Ag++J-=AgJ↓
Cho'kma NH4OH da erimaydi, Na2S2O3da yaxshi eriydi. Huddi shunday reaksiya bromidlar ta'sirida ham kuzatiladi.
8. Kumush ionini metalgacha qaytarishdaturli qaytaruvchilardan
foydalaniladi.
1. Formaldegid yoki boshqa aldegid ta'sirida qaytarish uchun xromli aralashma yordamida yog'lardan tozalangan probirkaga 4-5 tomchi kumush tuzi eritmasi solinib, unga 1 0-1 2 tomchi suv qo'shib suyultiriladi. So'ngra eritmaga 8-10 tomchi 2 N ammiak eritmasi va 5-7 tomchi formalin eritmasi qo'shiladi. Issiq suv hammomiga tushirganda probirkaning ichki devorida kumush ko'zgu hosil bo'lishini ko'ramiz:
2Ag+ + 2NH3 + H2O= Ag2O + 2NH4+ Ag2O + HCOH=2Ag↓ + HCOOH
2. Mn2+ ion yordamida qaytarishda qog'ozning parchasiga bir tomchi HC1 eritmasi va uning ustiga bir tomchi kumush nitrat eritmasi tomiziladi. So'ngra hosil bo'lgan kumush xlorid cho'kmasi astoydil yuviladi. Buning uchun suvga to'ldirilgan kapillar dog'ning o'rtasida shuncha vaqt tutib turiladiki, natijada dog'ning o'lchami 2-3 marta ortsin. Shundan keyin yuvilgan cho'kma ustiga Mn2+ eritmasi va bir tomchi konsentrlangan NaOH eritmasi tomiziladi. Kumush ionining metalgacha qaytarilishi natijasida dog' qorayadi:
Ag+ + HC1=AgCl↓+ H+ AgCl + Mn2+ + 4OH-= MnO(OH)2↓+ 2C1-+ H2O