Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə6/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
12 Cифat анализ

Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba I guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib
bajaradi.
2.I guruh kationlari aralashmasini laboratoriya sharoitida
mustaqil tahlil qila oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: I guruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi.
1.1. Birinchi guruh kationlarining reaksiyalari
Birinchi analitik guruh kationlari qatoriga kumush, simob (I), qo'rg'oshin (II), mis (I), oltin (I) va talliy (I) ionlari kiradi. Ular guruh reagenti - xlorid kislota ta'siridan xloridlar hosil qilib cho'kadi. I guruh kationlarining xromat, dixromat, manganat, permanganat va geksanitritokobaltatlari rangli birikmalardir. Kumush ionimng rangli birikmalaridan kumush arsenat (qojig'ir), arsenit, bromid, yodid, florid, fosfat karbonat va geksatsianoferrat (III) (sariq), xromat, dixromat, nitroprussid (qlzil),oksid, sulfid (qo'ng'ir) analitik ahamiyatga ega. Simob (I) ionining bromid, florid, karbonat (sariq) va yodidlari (yashil) muhimdir. Qo'rg'oshinning rangli birikmalari orasida yodid (oltinsimon sariq), sulfid (qora-qo'ng'ir), xromat (sariq) va dixromatlari (qizil) ahamiyatli.
Bu ionlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchilik xossalari namoyon qilib, kumush ioni kumush, simob (I) ioni simob metallarigacha qaytariladi. Simob (I), qo'rg'oshin (II), mis (I), talliy (I) va oltin (I) ionlari yuqori valentli birikmalarigacha oksidlanadi.
1.2. Guruh reagentining ta'siri
Beshinchi guruh kationlarini boshqa guruhlar kationlaridan ajratishda ularning guruh reagenti - xlorid kislota yoki eruvchan xloridlar bilan bo'ladigan reaksiyalaridan foydalaniladi. Bunda tegishli kationlarning xloridlari hosil bo'lib cho'kadi.
Kumush ioni hosil qiladigan oq rangli kolloid birikma yorug'lik ta'siridan sekin-asta oldin binafsha, keyin qora rangga bo'yala boshlaydi (parchalanish).Uning bu xossasidan oq-qora rasm olishda foydalaniladi. Kumush xlorid kuchli kislotaning tuzi bo'lganligi uchun nitrat va sulfat kislotalarning suyultirilgan eritmalarida erimaydi, shunga qaramay, ammiak va ammoniy tuzlarida kompleks hosil qilib eriydi. Ammiakat kompleksining hosil bo'lishi kumush xloridni simob (I) xloriddan ajratishda ishlatiladi, chunki bu sharoitda Hg2Cl2 ammiak ta'siridan qiyin eriydigan oq rangli [NH2Hg2]Cl kompleks birikma hosil bo'ladi. Bu kompleks birikma beqaror bo'lganligi uchun parchalanib, qora rangli (NH2HgCl+Hg) cho'kma hosil qiladi:
Hg2Cl2 + 2NH3=[NH2Hg2]Cl↓+ NH4+ + Cl-
[NH2Hg2]Cl↓=NH2HgCl↓+Hg↓
Kumushning hosil bo'lgan ammiakat kompleksi kislotalar ta'siridan parchalanadi. Bu maqsadda nitrat kislotanigina ishlatish, xlorid va sulfat kislotalarni qo'llamagan ma'qul, chunki ular tarkibidagi xlorid va sulfat ionlar kumush ioni bilan oq rangli cho'kmalar hosil qiladi. Kompleks ionning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan kumush va eritmadagi xlorid ionlari o'zaro ta'sirlashib, kumush xloridcho'kmasining tushishiga olib keladi.
Kumush ioni ortiqcha xlorid ioni ta'siridan qisman dixloroargentat kompleksini hosil qilib erib ketishi ham mumkin:
Ag+ + Cl-=AgCl↓
AgCl+Cl-=[AgCl2]-
Hg2Cl2 cho'kmasi ortiqchaxlorid ioni ta'siridan kompleks hosil qilib erishi mumkin. Shuning uchun beshinchi gruppa kationlarining xloridlarini cho'ktirishda ortiqcha HCI qo'shishdan saqlanish darkor.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin