Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Kumush kationining reaksiyalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
12 Cифat анализ

1.3. Kumush kationining reaksiyalari

Kumush ioni suvli eritmalarda rangsiz, uning nitrati, ftoridi, perxlorati suvda yaxshi eriydi.


1. O'yuvchi ishqorlar - NaOH va KOH eritmalaridan bir necha tomchisi 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga tomizilsa, qo'ng'ir rangli Ag2O cho'kmasi hosil bo'ladi:
2AgNO3 + 2KOH=Ag2O↓+ H2O+2KNO3
2Ag++2OH-=Ag2O↓+ H2O
Cho'kma HNO3 va ortiqcha NH4OH da ham eriydi:
Ag2O + 4NH4OH=2[Ag(NH3)2]+ + 2OH- +3H2O
Cho'kmani ammiakda eritish vaqtida eritmaga albatta ammoniy tuzlaridan biri qo'shilishi kerak, aks holda oson portlaydigan kumush azid Ag3N hosil bo'lishi mumkin.
2. Ammiak eritmasi kam miqdorda qo'shilganda kumush ioni bilan oldin qo'ng'ir rangli Ag2O cho'kma hosil qiladi. Keyin bu cho'kma mo'l ammiakda kompleks hosil qilib erib ketadi: .
2Ag+ + 2NH4OH=Ag2O↓+ 2NH4+ + H2O
Ag2O+4NH3+HOH=2[Ag(NH3)+ + 2OH-
3. Natriy yoki kaliy karbonat ta'siridan kumush ioni kumush karbonat cho'kmasini hosil qiladi:
2Ag+ + Na2CO3→ Ag2CO3↓ + 2Na+
4. Xlorid kislotaning 3-4 tomchi eritmasi 3-4 tomchi AgNO3 eritmasiga qo'shilsa, oq rangli AgCl cho'kmasi hosil bo'ladi: AgNO3 + HCI -» AgCll + HNO3
Ag++Cl-=AgCl↓
AgCl cho'kmasining suyultirilgan kislotalarda erimasligini biz yuqorida ko'rsatib o'tgan edik. Cho'kmaga 5-6 tomchi NH3 eritmasi qo'shilganda, cho'kma kompleks hosil qilib erib ketadi. Olingan eritmaga HNO3 ta'sir ettirilganda kompleks parchalanib, yana AgCl cho'kmasi hosil bo'ladi:
AgCl + 2NH4OH=[Ag(NH3)2]+ + Cl-+ 2H2O
[Ag(NH3)2]++Cl-+2HN03=AgCl↓+ 2NH4NO3

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin