7. Kaliy xromat eritmasidan Hg22+ tuzining issiq eritmasiga bir necha tomchi tomizilganda, qizil rangli Hg2CrO4 cho'kma hosil bo'ladi:
Hg22++CrO42-=Hg2CrO4↓
Cho'kma HNO3 ta'sirida eriydi.
1.5. Qo'rg'oshin kationining reaksiyalari
Qo'rg'oshinning nitrat, atsetat, xlorat va perxloratlari suvda eruvchan bo'lib, ular suvli eritmalarda rangsiz.
1. O'yuvchi ishqorlar va ammiak eritmasi ta'siridan qo'rg'oshin (II) ioni kuchli kislotalar va mo'l ishqorda eriydigan oq rangli cho'kma hosil qiladi:
Pb2+ + 2OH-=Pb(OH)2↓
Pb(OH)2 cho'kma amfoter. Ishqorlarda eriganda plyumbitlar hosil bo'ladi:
Pb(OH)2 + 2NaOH = Na2PbO2 + 2H2O
2. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar 2-3 tomchi Pb(NO3)2 eritmasiga 4-5 tomchi tomizilsa, PbSO4 ning oq cho'kmasi hosil bo'ladi:
Pb(NO3)2+ H2SO4= PbSO4 ↓+ 2HNO3
Olingan cho'kmaga ozroq NaOH eritmasi quyilib, aralashma qizdirilsa, cho'kma erib plyumbitlar hosil bo'ladi:
PbSO4 + 4NaOH = Na2PbO2 + Na2SO4 + 2H2O
PbSO4 + 4OH = PbO22- + SO42- + 2H2O
Qo'rg'oshin sulfat, shuningdek, 30 % li ammoniy atsetat yoki ammoniy tartrat bilan qizdirUganda ham eriydi:
2PbSO4+ 2CH3COONH4 = [Pb(CH3COO)2 PbSO4 ]+ (NH4)2SO4
PbSO4 + 2C4H4O62- = Pb(C4H406)2 + SO42-
PbSO4 cho'kmasi xlorid va nitrat kislotalarda ham HSO4- ionining hosil bo'lishi tufayli qisman eriydi:
PbSO4 + HNO3= Pb2+ + HSO4-+ NO3-
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, PbSO4 ni to'la cho'ktirish uchun eritmadagi kislotalar yo'qotilishi kerak. BaSO4 ning eruvchanligiga esa eritmadagi kislotalar sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, chunki uning eruvchanlik ko'paytmasi (Ks°=l,l•10-10) PbSO4ning eruvchanlik ko'paytmasidan (Ks°=l,6•10-8) 145 marta kichikdir.
3. Kaliy yodid eritmasi Pb(NO3)2 ning 3-4 tomchi eritmasiga 4-5 tomchi qo'shilca, PbJ2 ning sariq cho'kmasi hosil bo'ladi:
Pb(NO3)2 + 2KJ=PbJ2 + 2KNO3
Pb2++2J=PbJ2
Probirkadagi hosil bo'lgan cho'kma ustidagi eritmaga 8-10 tomchi distillangan suv va sirka kislota quyib qizdirilsa, cho'kma erib ketadi. Probirka sovuq suvga tushirilsa, yaltiroq oltinsimon-sariq kristallar cho'kadi. Cho'kmaga bir necha tomchi KJ tomizilsa, uning erishi kuzatiladi:
Dostları ilə paylaş: |