4.8. Mishyak (V) kationining reaksiyalari 1. Kumush nitrat— AgNO3 eritmasi AsO43'eritmasi bilan nitrat kislota va ammiakda eriydigan qo'ng'ir rangli Ag3AsO4 cho'kma hosil qiladi:
AsO43-+ 3 Ag+=Ag3AsO4↓
2. Kaliy yodid KJeritmasiga AsO43-eritmasi ta'sir ettirilsa, kislotali muhitda yodid yodgacha oksidlanib, eritma qo'ng'ir rangga kiradi:
H?AsO4-+2J-+3H+→HasO2+ Cl2 + 2H2O
Reaksiyaning sezuvchanligini oshirish uchun unga kraxmal (ko'k rang) yoki organik erituvchi (ekstraksiya) qo'shish mumkin. Mazkur reaksiya yuqoridagi reaksiyaning teskarisi bo'lganligidan uning o'ngga siljishini ta'minlash maqsadida eritmaga ko'proq miqdor kislota qo'shish kerak bo'ladi.
3. Vodorod sulfidta'siridan kuchli kislotali muhitda mishyak (V) ion nitrat kislota, ammoniy polisulfid, natriy sulfid va ishqorlarda eriydigan As2S5 cho'kmasi hosil qiladi. Konsentrlangan nitrat kislota ta'sirida cho'kma erib arsenat anionini hosil qiladi:
As2S5+ 40NO3-+ 24H+→2AsO43- + 5SO42-+ 40NO2↑+ 12H2O
4. Ammiak va ammoniy xlorid ishtirokida Mg tuzlaribilan AsO43 kislotalarda eriydigan va 2,5 % li amalda ammiak eritmasida erimaydigan oq kristall cho'kma hosil qiladi:
Mg2++ NH4OH + HAsO42-=MgNH4AsO4↓
Reaksiyani bajarishda2-3 tomchi arsenat eritmasiga 3-4 tomchi ammiak, ammoniy xlorid va magniy tuzi aralashmasi qo'shib, biroz qizdiriladi.
Mazkur reaksiya mikrokristalloskopik reaksiya tarzida ham o'tkazilishi mumkin. Buning uchun mikroskopning kuzatish oynasiga bir tomchi tekshiril^digan arsenat eritmasi va amtriiak, ammoniy xlorid hamda magniy tuzi aralashmasining bir tomchisi qo'shiladi. Hosil bo'lgan kristallar (MgNH4PO4•6H2O kristallariga o'xshaydi) mikroskop yordamida kuzatiladi.