1. Kumush nitrat — AgNO3eritmasiga NaAsO2 tuzi eritmasi qo'shilganda sariq rangli Ag3AsO3 cho'kmasi hosil bo'ladi:
NaAsO2- + H2O + 3AgNO3=Ag3AsO3 ↓+ NaNO3+ 2HNO3 Cho'kmaga HNO3 va NH4OH ta'sir ettirilsa, [Ag(NH3)2]+ kompleks ionning eritmasi hosil bo'ladi:
Ag3AsO3+ 6NH3=3[Ag(NH3)2]++ AsO3- 2. Yod eritmasiAsO2- ionini neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda AsO43-ionigacha oksidlaydi va yodning qo'ng'ir rangi yo'qoladi:
J2+ AsO2-+ 2H2O=2J- + H2AsO4 + 2H+ Reaksiyani bajarishuchun probirkaga 2-3 tomchi NaAsO2 eritmasidan solib, unga biroz qattiq NaHCO3qo'shib, so'ngra yodning spirtli eritmasidan bir tomchi tomizing.
3. Vodorod sulfid — H2S mishyak (III) ioni bilan kuchli kislotali muhitda ta'sirlashib, nitrat kislota, ammiak, ammoniy karbonat, ammoniy polisulfid, natriy sulfid va ishqorlarda eriydigan sariq rangli As2S3 cho'kma hosil qiladi. As2S3 cho'kmani to'la cho'ktirishning asosiy sharti, eritmada yetarli daraj'ada mo'l HCI bo'lishidir.
As2S3 cho'kmasi konsentrlangan nitrat kislota, zar suvi singari kuchli oksidlovchilar ta'siridan kislotali muhitda oksidlanib, arsenatga aylanadi:
As2S3+ 28NO3-+ 16H+= 2AsO43-+ 3SO42-+ 28NO2+ 8H2O
Ishqoriy muhitda vodorod peroksid, gipoxlorit singari oksidlovchilar ham IV gruppaning polisulfidlarini oksidlaydi:
As2S3 + 14H2O2+ 12NH4OH=2AsO43-+ 3SO42+ 12NH4++ 20H2O
Ishqorlar va ammoniy karbonat ta'siridan barcha polisulfidlar tiotuzlar va oksituzlar hosil qiladi va cho'kmalar eriydi:
As2S3+ 3(NH4)2CO3→ (NH4)3AsS3 + (NH4)3AsO3+ 3CO2↑
As2S3 + 6KOH→K3AsS3+K3AsO3 + 3H2O