3. Gidroksidlarni cho'ktirish. 4-eritmagamo'l miqdor 6 N NaOHeritmasidan 3 % li vodorod peroksid eritmasi qo'shiladi.Natijada temir, magniy. marganets hamda vismut ionlari gidroksidlar Fe(OH)3, H2MnO3, Mg(OH)2, Bi(OH)3,shaklida cho'kadi (5-cho'kma). Vodorod pcroksidning ortiqcha miqdori critmani qaynatib chiqarib yuboriladi. Cho'kma eritmadan ajratiladi va yuvilgandan so'ng analiz qilinadi,eritma (5-eritma) esa tashlanadi.
4. Temir, magniy va vismutni eritish va ularni marganetsdan ajratish. 5-cho'kma 2 N HNO, bilan ishlanganda. temir. magniy va vismut gidroksidlari eritma ga (6-eritma) o'tadi, , H2MnO3, esa erimaydi (6-cho'kma). Cho'kma sentrifugalab eritmadan ajratiladi va suv bilan yuviladi.
5. Marganes ionini topish.6-cho'kmani 6 N HC1 eritmasida qizdirib erilgandan so'ng eritmadan marganes topiladi .
6. Temir va vismutni magniydan ajratish. 6-eritmaga 2 N NH, ning suvli eriimasidan yaqqol isliqoriy muhit hosil bo'lguncha qo'shiladi. So'ngra eritmaga ammoniy xlorid qo'shilsa. magniy ioni eritmaga (7-eritma) o'tadi, temir va vismut ionlari gidroksidlar holida cho'kmaga (7-cho'kma) tushadi,
7. Magniyni topish.7-eritmadan magniy topiladi
8. Vismutni topish, 7-cho'kma 2 N HNO3 da eritilib. eritmadan vismut topiladi.
V analitik guruh katioulari analizi ko'rsatilgan tarlibda amalga osliiriladi.Beshinchi analitik guruh kationlarining sistematik analizi quyidagi tartibda bajariladi:
1. Hg2+ va Cu2+ ionlarini ajratish. Probirkaga tekshiriladigan eritmadan 10 tomchi tomizib, unga yaqqol ifodalangan kislotali muhitgacha 2 N H?SO4 eritmasi qo'shing. So'ngra aralashmaga 2-3 tomchi Na2S2O3 eritmasi qo'shib qizdiring. Natijada simob va mis ionlari HgS + CuS + S shaklida cho'kmaga (8-cho'kma) tushib. Co2+, Ni2+, [Cd(S2O3)2]2-, Zn2+, S2- ionlar eritmada (8-eritma) qoladi. Sulfidlar cho'kmasi sentrifugalab ajratilgach, yuvilib tekshiriladi.