Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə79/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135
12 Cифat анализ

Reaksiyani bajarishda ammoniy tuzi eritmasining bir tomchisiga 5-6 tomchi suv va 1-2 tomchi Nessler reaktivi qo'shiladi, natijada qizil-qo'ng'ir rangli cho'kma hosil bo'ladi. Ammoniy ioni konsentratsiyasi past bo'lganda, eritma to'q sariq rangga kiradi.
3. Ammoniy ionining kaliy va natriy ionlari reagentlariga munosabati. Yuqorida ammoniy ionining kaliy va natriy ionini topishga xalaqit berishini ko'rib o'tgan edingiz. Bunga ishonch hosil qilishingiz uchun kaliy va natriy ionlari uchun o'tkazilgan reaksiyalarni ammoniy ioni bilan o'tkazib ko'ring. Kuzatishlaringiz asosida natriy gidrotartrat va natriy geksanitritokobaltat (III) reaktivlari ta'siridan bir xil tuzilishli va o'xshash rangli cho'kmalar hosil bo'lishiga ishonch hosil qiling. Ammoniy ioni kislotali muhitga ega bo'lgani uchun kaliy digidroantimonatni parchalab oq amorf cho'kma - metaantimonat kislotani hosil qiladi:
NH4++HOH → NH4OH + H+
KH2SbO4 +H+→H3SbO4 +K+
H3SbO4→HsbO3↓+H2O
Ma'lum bo'lishicha, kaliy va natriy ionlarining reaksiyalari ammoniyning reaksiyalariga o'xshash bo 'lib, u ammoniy ioni kaliy va natriyni topishga xalaqit beradi.
4. Ammoniy ionini yo'qotish. Ammoniy ionini yo'qotishda ammoniy tuzlarining qizdirilganda parchalanib, uchib chiqishidan foydalanish mumkin:
NH4Cl→NH3↑+HCl↑
(NH4)2CO3→ 2NH3↑+ CO2↑ + H2O↑
Bundan tashqari, ammoniy ionini yo'qotishda ammoniy tuzlarini ishqor eritmasi bilan qizdirish:
NH4C1 + KOH → NH4OH + KC1
NH4OH→NH3↑ + H2O↑
ammoniy nitrat yoki ammoniy dixromatning qizdirilgandagi disproporsiya:
NH4NO3→N2O↑+2H2O↑
(NH4)2Cr2O7→ N2↑+ 4H2O + Cr2O3
kuchli oksidlovchilar ta'siridan oksidlanish:
2NH4+ + 3C12→ N2↑ + 6C1-+ 8H+
ammoniy tuzlarining magniy metali ta'siridan qaytarilish (A.H.Agte):
Mg + 2NH4+→ Mg2+ + 2NH3↑ + H2
yoki ammoniy tuzlarining ishqoriy muhitda formaldegid bilan ta'sirlashib, urotropin hosil qilish:
6H2O+4NH4+ + 4OH-→(CH2)6 N4 + 10H2O
reaksiyalaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin